Maktabgacha ta’limning maqsadi
О‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”da kо‘rsatib о‘tilganidek, maktabgacha ta’lim – bu kо‘p tomonlamali, maqsadga yо‘naltirilgan, bolaning ta’limning keyingi bosqichi – maktab ta’limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim va tarbiya berish
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanining ob’ekti – bo‘lajak mudiralarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida boshqaruv jarayoni va uni tashkil etish.
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanining predmeti – bo‘lajak mudiralarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida boshqaruv jarayoni va uni tashkil etish, shakl, metod va vositalari.
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanining maqsadi:
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fani bo‘lajak mudiralarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida boshqaruv jarayoni va uni tashkil etish bilan yaqindan tanishtirish.Shuningdek, u maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari
bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-ahlokiy jihatdan tarbiyalash;
bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, о‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash;
bolalarning tafakkurini rivojlantirish, о‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |