6-mavzu. Boshqaruv qonunlari va tamoyillari



Yüklə 141,02 Kb.
səhifə10/13
tarix06.04.2023
ölçüsü141,02 Kb.
#94233
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
курилишда менежмент маруза 6

Kontsortsium – bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyihalar, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni himoya qilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir. U ko‘ptomonlama qqshma korxona, moliyaviy operatsiyalarni hamkorlikda amalga oshirish uchun tuzilgan banklararo yoki sanoat korxonalararo bitimdir.
Kontsortsiumning o‘ziga xos xususiyati - bu mustaqil yuridik sherik bo‘lgan har bir ishtirokchi - korxona bilan bitim tuzilishdadir. Boshqaruvni markazlashtirish ham kontsortsiumga xos xususiyat. Kontsortsiumlarga boshqaruv bo‘yicha qqmitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Kontsortsiumlar yuridik shaxslar tomonidan va bitimlarga asoslanib tashkil qilingan kontsortsiumlarga bo‘linada.
Kontsortsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalar bo‘yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so‘ng konsartsium o‘z faoliyatini tqxtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi.
Xolding kompaniyasi - bu eng avvalo moliyaviy jamgarma bo‘lib korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlar jamiyatlari “aktsiyalarining nazorat paketi” kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir.
1996 yil boshida Respublikamizda “O‘zqishloqmashxolding” ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati - Xolding kompaniyasi tashkil etildi.
Bu kompaniyani tuzishdan maqsad qishloq xo‘jaligi mashinasozligida maqsadli markazlashgan boshqaruv tizimini yaratish va shu asosida O‘zbe-kistonning ish sohada tutgan o‘rnini qo‘ldan bermaslik, dehqonlarni zarur texnika bilan tqla ta’minlash uchun tarmoqni yuksaltiri va bunday texnikani xorijdan mmkin qadar kamroq keltirishga erishishdir. SHu bilan birga res-publikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik texnikasining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirib, uni eksport qilishga erishishdir.
Bugungi kunda Respublikamizda:

  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aktsionerlik temir yo‘l kompaniyasi (14.11.1994);

  • “Kumush tola” aktsionerlik kompaniyasi (3.02.1995)

  • “Xonatlas” aktsionerlik kompaniyasi (03.02.1995)kabilar faoliyat ko‘rsatishmoqda (10-12 ilovalarga qarang).


Yüklə 141,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin