6-mavzu. Boshqaruv qonunlari va tamoyillari
Konstitutsiyamizning 56-moddasida quyidagilar yozilgan: “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan: kasaba uyushmalari; siyosiy partiyalar; omillarning jamiyatlari; xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari; ijodiy uyushmalar; ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari, jamoat birlashlari sifatida e’tirof etiladi. Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Boshqarishda faol qatnashadilar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. Jamoat organlari jamoalarda soglash, ijodiy muhit yaratishda, ishlab chiqarishda uyushqoqlik va intizomni mustahkamlashda ma’muriy organlarga kqmaklashib, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bilan ham shugullanadilar. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘grisida”gi qonunining (02.09.199) 1-moddasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari haqida quyidagicha yozilgan: “SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamma shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yiginlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‘maklashadi, o‘z xududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari xududiy printsip bo‘yicha tuziladi. Ular ish olib boradigan xududlarni fuqarolarning takliflariga ko‘ra tuman, shahar hokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolarning yigini (yigilishi): o‘zini o‘zi boshqarish organiningfaoliyat dasturi hamda xarajatlar smetasi, aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yo‘na-lishlarini belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi; o‘z xududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun aholining, tashkilot va muassasalarning mablaglarini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi; pul mablaglari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi, zarur bo‘lganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya to‘grisidagi nizomni tasdiqlaydi; qonunlarda belgilangan tartibda o‘z xududida kichik kor-xonalar, kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi tsexlarni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqadi; yiginning, ma’muriy-xududiy tuzilmalarning chegaralarini o‘zgar-tirishga, kqcha, maydon va boshqa joylarning nomini o‘zgartirishga doir masalalrni ko‘rib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vako-latlarni amalga oshiradi. Tayanch iboralar: Qonun, prinsip, qonuniyat, sistemaning birligi, proporsiya, markazlashtirish. nomarkazlashtirish, optimallik, rejalashtirish. Nazorat savollari: Qaysi Iqtisodiy qonunlar sizga ma’lum? Moddiy dialektika qonunlari moxiyati va ularning boshqaruvga ta’sirini ta’riflab bering. Bozor Iqtisodiyotida qaysi qonunlar moxim rol uynaydi. Boshqaruvning qaysi prinsiplari sizga ma’lum? Rakobatchilik qonunining moxiyati nimada? Yüklə 141,02 Kb. Dostları ilə paylaş: |