6-mavzu. Boshqaruv qonunlari va tamoyillari



Yüklə 141,02 Kb.
səhifə5/13
tarix06.04.2023
ölçüsü141,02 Kb.
#94233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
курилишда менежмент маруза 6

“7-s” tamoyili korxona(firma) o‘z oldiga qo‘ygan iqtisodiy natijaga erishish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borishini nazarda tutadi:

  • strategiya;

  • struktura;

  • tizim;

  • xodimlar tarkibi;

  • boshqaruv qoidasi;

  • boshqaruv maxorati;

  • yakuniy natijalar.

Bu tamoyilga muvofiq avvalo iqtisodiy ko‘rsatkichlar xisoblab chiqilib, ularga erishish uchun lozim darajadagi ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish, resurslar bilan ta’minlash, xodimlarni tanlash, o‘qitish, boshqaruvda eng samarali usul va tajribalarni qo‘llash lozim bo‘ladi.
“Kaban” usuli yaponlarga tegishli bo‘lib, boshqaruv ilmi tarixida eng samarali xisoblanadi. U ishlab chiqarishning uzluksiz harakatini ta’minlovchi boshqaruv tizimi sifatidan xom ashyoni tayyor maxsulotga aylantirib, iste’molchilarga etkazib berishni ta’minlaydi. SHu bilan birga:

  • xodimlarni tanlash va ishga yollash maxoratini baholash;

  • attestatsiyadan o‘tkazish;

  • o‘qitish va malakasini oshirish;

  • xodimlar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yish;

  • lavozimlarni almashtirib turish(rotatsiya) kabilar yapon menejmentining o‘ziga xos xususiyatlardandir.

Yaponlar menejment soxasida ulkan yangiliklar yaratgan mamlakat bo‘lib, xozir xam dunyoda etakchi davlatlardan biri xisoblanadi. Ular boshqaruvni avvalo to‘la berilib ishlash, agar kerak bo‘lsa, o‘zni qurbon qilishga xam tayyor turish, deb tushunadilar. Firma manfaati boshqa xamma manfaatlardan ustun qo‘yiladi. Firmada ishlovchilar katta oila ruxida tarbiyalanadilar. Raxbarlar va ishchilarning taqdiri bir deb qaraladi, ular xatto bir oshxonada ovqatlanadilar va doimo birga bo‘ladilar. Qayd qilingan tamoyillar va Yapon usulini bizning sharoitda bemalol qo‘llasa bo‘ladigan tamoyillardir.
Organ – bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa, tashkilotdir. Boshqarish organi esa ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususan boshqaruv mehnati taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir.
Boshqarish apparatini tuzish jarayoni boshqarishning qabul qilingan strukturasi doirasida uning funksiyalarini amaldagi qoidalariga binoan taqsimlash va vazifalarini aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra harbir funksiyalar:

  • guruhi;

  • ularning hajmi;

  • darajasi va bosqichi;

  • ixtisoslashtirilishi;

  • markazlshtirilishi va kooperatsiyalashtirilishi tahlil qilinadi.

Ana shulardan keyin aniq ishlar yo‘nalishi aniqlanadi, yangi organ tuzish yoki mavjud bo‘linmadan mustaqil organ ajratish, yoxud mavjud organlarga qo‘shimcha funksiyalarni topshirish to‘grisida qaror qabul qilinadi.
Boshqarish organlarini tuzishda quyidagi ikki tamoyilga e’tibor beriladi:
Birinchi tamoyil-bu boshqarish doirasi boshqarish normasi cheklashni, ya’ni bir rahbarga muayyan va qat’iy cheklangan xodimlar va bo‘linmalar sonining bqysinishi nazarda tutiladi. Bunda hozircha yagona normalar belgilanmagan. Ba’zi chet el mutaxassislari bqysinuvchi ijrochilar va bo‘linmalar soni 5-6 kishidan oshmasligi kerakligini tavsiya qiladilar.
Bizning iqtisodchilar boshqarish normasi 6-12 kishigacha bo‘lishi mumkin va master darajasida boshqarilish normasi 30 tagacha ishchi miqdorida belgilash tavsiya etiladi. Amalda esa ularning soni 17 va 20 kishigacha etadi.
Ikkinchi tamoyil-bu boshqarish strukturasidagi ierarxik bosqichlar sonini cheklashni nazarda tutadi. Bizdagi va chet ellardagi amaliyot shuni tasdiqlaydiki, rahbar bilan ishchi o‘rtasidagi darajalar 4-5 tadan oshmasligi kerak. Aks holda bosqich va bo‘ginlar sonining ko‘payishi natijasida axborotlarning o‘tishi sekinlashadi, boshqarishning tezkorligiga va ishonchligiga putr etadi.
Bqysinuvchi xodimlar va ierarxik bosqichlar sonini cheklashni ko‘zda tutadigan bu ikkala tamoyil bir biriga ziddir. Bqysinuvchilar sonini oshirib, bosqichlar soini kamaytirish va aksincha qilib boshqarish strukturasini takomillashtirish mumkin (3.9-javdvalga qarang).
Mamlakatimizning ulkan xududida murakkab xalq xo‘jaligini boshqarish uchun ko‘p tarmoqli boshqaruv-organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi oliy vakolatli organlar bo‘lib tarkibi quyidagilardan iborat.
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘li-nishi Konstitutsiyamizning 11-moddasi bilan qonunlashtirilgan. Bu organlarning har biri o‘zaro chamabarchas harakat qilishi bilan birga o‘z vakolatlari doirasida mustaqil va erkin faoliyat ko‘rsatadilar. Bu esa hokimiyatning bitta organ ixtiyoriga haddan tashqari mujassam bo‘lmasligini ta’minlaydi, ularning xalq va qonun oldidagi huquqlarini aniq taqsimlab berishga xizmat qiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqarishning umumdavlat organlari tarkibiga qonun chiqaruvchi organlar ham kiradi. Qonun chiqaruvchi organ-bu Oliy Majlisdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1994 yil 25 dekabrda saylangan bo‘lib, mamlakatda demokratiya tarao‘qiyotining yangi bosqichini o‘zida ifodalaydi.
O‘zbekiston Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi organi - bu Vazirlar Mahkamasidir. Uning tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezi-denti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan Vazrlar Mahkamasi:

  • iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni;

  • qonunlar Oliy Majlisning boshqa qarorlari;

  • O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamsi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi xududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashki-lotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazrlar Mahkamasi quyidagi strukturaga ega.
Mamlakatni boshqarish tizimida funktsional, tarmoqlararo organlar, ya’ni Markaziy bank, Davlat soliq qqmitasi, bojxona kabilar butun xalq xo‘jaligi miqyosida aniq boshqaruv funksiyalarini malaga oshirishga da’vat etilgan.
Konstitutsiyamizning 106-moddasida sud hokimiyati xususida quyidagicha bayon qilingan:

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat bir-lashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

Sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlaridan, Qoraqalpogiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sudlaridan iborat.

Yüklə 141,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin