iqtisodiy isloxotlar xech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysin-dirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
xam ichki, xam tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur.
Davlat asosiy isloxatichi
Davlat bosh isloxotchi bo‘lishi lozim. U isloxotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgi-lab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaxolatparastlar (retrogradlar) va konserva-torlar qarshiligini bartaraf etish shart.
Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi
Qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni xech istisnosiz xamma xurmat qilishi va ularga ogishmay rioya etishi lozim.
Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizishm
Axolining demografik tarkibini xisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda axolini ijtimoiy ximoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim.
Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidan eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin xam shunday bo‘lib qoladi.
Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich o‘tib borish.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy qonunlarning talablarni xisobga olgan holda, o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar” siz, ya’ni evalyutsion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bu beshta tamoyilga o‘z munosabatini Germaniya kantsleri Gelmut Kol shunday bildirdi:
“Davlat rivojining besh tamoyilini ishlab chiqib, uni qo‘rqmay olamga e’lon qilayotgan yangi davlatning raxbari tutgan yo‘l muvaffaqiyatning garovidir”.
Bu printsiplar O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini xisobga olgan izchillik bilan shakllantirib borishni, unga asta-sekin, bosqichma-bosqich, xalqni ximoya qilib borib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali bozor munosabatlariga o‘tishni bildiradi.
“To‘rt maqsad” boshqarishning quyidagi to‘rt tamoyiliga tayanadi:
boshqaruv tartib-qoidasi;
iqtisodiy ishlab chiqarish;
“nou-xau”;
ijtimoiy ximoya.
SHu to‘rt maqsadga oid miqdoriy ko‘rsatkichlar belgilanib, xamma resurslar shu maqsadlarga erishishiga yo‘naltiriladi.