6-mavzu: dnk- replikatsiyasi Reja: Prokariot organizmlar replikatsiyasi Eukariotlardagi replikatsiya


Yetakchi va kechikuvchi DNK zanjirlarining koordinatsiyali sintezi. Orqada qoluvchi



Yüklə 56,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü56,39 Kb.
#208303
1   2   3   4   5
\'ruza

 Yetakchi va kechikuvchi DNK zanjirlarining koordinatsiyali sintezi. Orqada qoluvchi 
zanjirda tugunchalarning hosil bo‘lishi DNK-polimeraza-III fermentiga bir vaqtda ikki 
zanjirli DNKni sintezlashga imkon beradi (kechikuvchi zanjirda praymerning sintezidan 
so‘ng). (Kornberg bo‘yicha). 
 
 Eukariotlardagi replikatsiya 
Eukariot 
organizmlardagi 
DNKning 
replikatsiyasi 
prokariotlardagi 
jarayonga 
o„xshashdir. Eukariotlarda ham prokariotlarga o„xshash replikatsiya bir vaqtda qo„sh zanjirda 
davom etadi. Eukariotlardagi replikatsiya birligini replikon deb atalib, uning o„lchami 50-120 
mkm atrofida bo„ladi. Sutemizuvchilarning hujayralarida 10 000 dan 100 000 gacha replikonlar 
uchraydi. 
Eukariotli hujayralarda bir necha xildagi DNK-polimerazalar faoliyat ko„rsatadi. 
Yadrodagi xromosomaning replikatsiyasida DNK-polimeraza-α va DNK-polimeraza-δ (delta) 
ishtirok etadi. DNK-polimeraza tarkibi bir nechta bir xil subbirliklardan iborat. DNK-polimeraza 
α-3'-5'-ekzonukleazalik xususiyatiga ega bo„lmaganligi uchun replikatsiyani aniq nazorat qila 
olmaydi. Taxminlarga qaraganda, DNK-polimeraza-α “kechikuvchi” zanjirlardagi Okazaki 
fragmentlari uchun praymerlarni sintezlaydi. 
Eukariotlardagi DNK sintezining asosiy fermenti DNK-polimeraza-delta hisoblanadi. 
Mazkur fermentning stimulyatori (rag„batlantiruvchisi) proliferativli yadroviy antigen oqsilidir. 
Ushbu oqsil hujayralarda ma‟lum miqdorda borligi aniqlangan. DNK-polimeraza delta 3'-5'-
ekzonukleazalik faolligiga ega bo„lib qo„sh zanjirlar bo„lmish “yetakchi” va “kechikuvchi” 
makromolekulalarni sintezlashda ishtirok etadi. 
Eukariotlarda polimerazalardan yana DNK-polimeraza-β bo„lib, u DNK-polimeraza-
deltani o„rnini bosa oladi. Jumladan, reparatsiyada DNK-polimeraza replikatsiyali ayrini xuddi 
DNK-polimeraza-Iga o„xshash “kechikuvchi” zanjirda Okazaki fragmentlaridagi praymerning 
uzilishida ishtirok etadi. Hujayrada polimerazalardan yana bir turi DNK-polimeraza-γ (gamma) 
bo„lib, u mitoxondriyalarda nukleotidlarning polimerizatsiyasini amalga oshiradi. 


Inson genomining replikatsiyasi uchun sakkiz soat vaqt kerak bo„ladi. E.coli ning 
replikatsiya tezligi bir sekundda mingta nukleotid polimerizatsiya uchrasa, eukariotlarda bu 
jarayon o„n marta sekin ketadi. Ya‟ni bir sekundda 100 juft azot asoslari 
polikondensatsiyalanadi. Har bir replikon bir soatda sintezlanadi. Eukariot organizmlarda 
replikatsiya tezligining sekin bo„lishi oqsil ishtirokida nukleosomalarning shakllanishi bilan 
bog„liq bo„lishi mumkin. Prokariot organizmlardagi DNK-polimerazalar eukariotlarga nisbatan 
bir necha barobar faol ekanligi aniqlangan. 

Yüklə 56,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin