Ishlab chiqarish funksiyasi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ko`rsatadi. Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin:
Q f (K, L, M )
(1).
bu yerda Q - berilgan texnologiyada maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori; K - kapital; L - mehnat; M - materiallar.
Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, K (kapital) va L (mehnat)
omillariga bog`liq bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi:
Q f (K, L)
(2).
Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikkita ishlab chiqarish omiliga bog`liq - kapital va mehnatga. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi yordamida non ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslaridan va kapitaldan foydalangan holda qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki qishloq xo`jalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan (ishchilarning fond bilan qurollanganlik darajasida) foydalangan holda ma′lum vaqt oralig`ida qancha mahsulot ishlab chiqarishini ifodalash mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish ko`proq qo`l mehnatiga asoslangan bo`lsa (masalan, nonni qo`l mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog`liq ravishda yozish mumkin:
Q f (L)
3).
Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko`proq kapital ishtirok etsa, ya′ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig`imiga ega bo`lsa, ishlab
Ta′kidlash joizki, (1), (2) va (3) tenglamalar ishlab chiqarishning ma′lum texnologiyasida qo`llanilishi mumkin. Agar texnologiya o`zgarsa, ya′ni yangi texnologiya qo`llansa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi resurslar hajmi o`zgarmaganda ham o`sishi mumkin.
Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik almashtirish normasi
Izokvantalar. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz. Faraz qilaylik, mebel ishlab chiqarish tsexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma′lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 10.1-jadvalda har xil resurslar sarflari kombinatsiyasida maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori keltirilgan.
10.1-jadval
Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori
Dostları ilə paylaş: |