keltirilgan. U qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot miqdori bo`lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan undan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayrish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o`zgarmas bo`lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o`zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60
birlikka oshiradi, demak qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo`shimcha mahsulot yaratadi. O`rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida o`sib, keyinchalik kamayib boradi (ya′ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o`sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni
esdan chiqarmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatga va boshqa kapital sarfiga ham bog`liq. Agar mehnat sarfi o`zgarsa kapital sarfi ham o`zgarishi mumkin.
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko`rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o`zgarmaganda), shunday
bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo`shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi (10.3-rasm).
Agar biz o`zgaruvchan omil sifatida mehnat sarfini qarasak (kapital sarfi o`zgarmaganda), mehnat sarfi kichik miqdorda oshganda mahsulot ishlab chiqarish
hajmini anchagina oshiradi,
nima uchun deganda, boshlang`ich davrda mehnat sarfining oshishi kapitaldan to`liqroq foydalanish imkonini beradi.