6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari



Yüklə 234 Kb.
səhifə4/8
tarix14.06.2023
ölçüsü234 Kb.
#130135
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini

Tashishning transport ta’minoti – yuk (yo’lovchi)larni tashish jarayonini ta’minlashga qaratilgan faoliyat bo’lib, bunda yukni ortish-tushirish va tashish, yo’lovchilarni transport vositalariga chiqarish va ulardan tushirish, dam oldirish hamda shu kabi texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
Tashishning ekspeditsion ta’minoti tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga harakatlanish jarayonini ta’minlashga qaratilgan barcha ekspeditsiya, tijorat-huquqiy va axborot –maslahat xizmatlarini o’z ichiga oladi.
Yunimodal, multimodal va intermodal tashuvlar. Tovar va yo’lovchilarni manzilga yetkazishda ishtirok etuvchi transport turlarining soni bo’yicha yuk tashish tizimi 1) yunimodal – bir turli va 2) mulьtimodal va intermodal – ko’p turli transportda tashish tarzida bo’lishi mumkin.
Transportda yuk tashish tizimining ierarxik tarkibi 2.2-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, tuzilmaning eng yuqorisida intermodalь, so’ng mulьtimodal, undan keyin yunimodal hududlararo tashishlar, keyin viloyatlar va shaharlar miqyosidagi tashishlar, eng oxirida esa alohida transport tashkiloti hisoblanmaydigan korxonalar tasarrufidagi transport vositalarida bajariladigan yuk tashishlar ko’zda tutiladi.
Intermodal tashishlar – xalqaro aloqalar miqyosida bir qancha transport turlari vositasida va yuklarni transportning bir turidan boshqa turiga yuk egasi ishtirokisiz uzatish yo’li bilan yetkazib berish tizimidir. Bunday tashishda intermodal yuk birligi tizimni shakllantiruvchi element hisoblanadi va mazkur birlik ichida yukning saqlanib turishi uni plombalashtirish orqali ta’minlanadi: plombani buzmasdan yuk birligi ichidagi yuklarni olib bo’lmaydi. Demak, yukning saqlanishi plomba buzilmasligini ta’minlashdan iborat bo’ladi.


2.2- rasm. Transportda yuk tashish jarayonining tarkibiy tuzilmasi
Yuklarni zamonaviy intermodal tizimida tashishlar asosida 180 raqamli standartda ko’zda tutilgan konteynerlar yotadi. Bunday tashishlarda konteynerlardan tashqari, boshqa yuk birliklari ham qo’llanilishi mumkin. Ular quyidagi talablarga javob berish kerak:

  • transportning bir turidan tushirib, boshqasiga qayta ortish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirishga imkon berishi lozim;

  • xalqaro yoki regional standartlarga javob berishi kerak. Bunday yuk birliklariga misol sifatida konteyner, treyler, almashtiriluvchi kuzovlar, turli paketlar va ularning bloklarini ko’rsatish mumkin.


Yüklə 234 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin