Qadr-qimmat o`z qadrini anglash shakli bo`lib, insonni kamsitadigan, xo`rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko`z o`ngida o`z qimmatini yo`qotishga sabab bo`ladigan qiliqlarga yo`l qo`ymaydigan to`siq hisoblanadi. O`qituvchilarning qadr-qimmati ularning o`zini o`zi hurmat qilishi va saqlashi, o`quvchilar hurmatini yoqotmasligi, o`z sha‘niga dog tushirmaslik uchun o`zini nazorat qilishi sifatida namoyon bo`ladi. «Hayotning ma‟nosi» Hayotning ma‘nosi deb, servis sohasi xodimlari, maorif sohasi xodimlari va boshqa soha xodimlarning o`z oldiga qo`ygan maqsad va niyatlariga, ularni amalga oshirish uchun majmuasiga aytiladi.
«Vijdon» kategoriyasi. Vijdon deb kishning o`z xatti-harakati,qilmishi yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas‘uliyat tuygusi tushiniladi. Insonda irodaning paydo bo`lishi va kuchayishi uni harakatga keltiradi, vixdon azobidan qutqaradi. Vijdon insonning faqat o`ziga, o`z hatti-harakatlarigagina emas, balki boshqa kishlarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatini ham ifoda etadi. Xodim qanchalik vijdonli bo`lsa, o`z kasbiy burchini shunchalik chuqurrok anglaydi va faolroq bajaradi. Vijdon- bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe‘l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat va vatan oldida ma‘naviy mas‘uliyat his etishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsni ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o`z faoliyatiga o`zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g`azabga keladi, bularga qarshilik bildiradi; o`z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo`lsa, yomon tomonlaridan norozi bo`lib, ruhan eziladi, ya‘ni vijdon azobiga uchraydi.
Vijdon – kishlarning yashabturgan sharoitiga, olgan ta‘lim-tarbiyasiga bog`liq emas, chunki vijdonsiz kimsaning voyaga yeti, o`qimishli, yaxshi mutaxassis bo`lib yetishganidan keyin vijdonli bo`lib qolmaydi.
Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari tarkibiy qismlari mavjud : O’quvchini xurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik ;
Faoliyatning hamma turlarida o’quvchilarning mustakilligini rivojlantirish va ularning ishiga kat‘iy pedagogik raxbarlik qilish;
O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan dikkat bilan qarashi va o’quv mashgulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi.
O’quvchilarning tafakko’r holida iroda aktivligini rivojlantirish, o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga nisbatan mehribon va gamxur bo’lish ;
O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini xisobga olgan holda kullashi ;
O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam ravishda tekshirib turish ;
O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloka boglashning pedagogik jixatdan asoslangan holda birga kushib olib borilishi ;
O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta qat‘iylik, muvozanatlilik va nutkning ifodaliligi.
Pedagogik nazokatning yuqorida ko’rsatib o`tilgan hamma tomonlari chuqur ichki bog`lanishga egadir. O’qituvchining o’quvchilarga munosabatida bu xususiyatlarning har biri uning kundalik ishlarida, xatti – harakatlarida, nutkida, ba‘zan esa sharoitlarga qarab o’quvchiga ta‘sir ko’rsatishning ayrim choralarini kullashdan o’zini tutib qolishda ham aniq ifodalanadi.
O’qituvchi bashqa ixtisosdagi kishilarga qaraganda, ma‘naviy boy, mustahkam e‘tiqodli, shuningdek yuksak darajadagi umumiy madaniyatga ega, o’z ixtisosi doirasidan tashkari ham ko’p narsalarni bilishi kerak.