6-Mavzu: Muloqot pedagogik mahoratning namoyon bo`lishidir. Pedagogik nazokat va pedagogik odob axloq


Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari



Yüklə 91,7 Kb.
səhifə12/20
tarix07.03.2023
ölçüsü91,7 Kb.
#86936
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
6 MAVZU

Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari.
O‘qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik tuyg‘ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala madaniyati, o‘quvchilar jamoasiga singib keta oladi-gan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar mujassamlashgan bo‘ladi.
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imko-niyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim:
 emotsional his-tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holat-larida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;
 o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqla-gan holda qo‘llash;
 bachkana qiliqlar, ortiqcha xatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish;
 o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;
dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘y-maslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish;
 o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda nota-nish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.
Pedagogik nazokatni egallash malakalari. Pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o‘r-gangan holda va o‘z hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi. O‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, nazokat sirlarini o‘rganishda o‘quvchilar bilan muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo‘lishida, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi. Avvalo bu bilimlar o‘quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning individual xarakterini bilish bilan bog‘liq.
Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb etti-rish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijo-biy-tarbiyaviy ta’sir etish yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim:
- o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro mu-nosabatda ko‘rsata olish;
- o‘quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‘ularni ang-lashga harakat qilish, ko‘rish va kuzatish;
- sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;
- sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq yo‘lini tanlash;
- o‘quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‘z ichki hissiyotini sez-dirmaslik, aksincha ular ishonchini qozonish.
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o‘qi-tuvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o‘quvchilar bilan psixologik kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaf-faqiyat poydevori hisoblanadi:
 o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida mulo-qotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;
 sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;
 o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin mulo-qotga o‘tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo‘llaydi;
 o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‘rgatadi.
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymasligi o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, o‘qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va subyektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o‘quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‘otishi kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik, rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil kilinadi.

Yüklə 91,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin