Nazokat me’yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni bildiradi. Pedagogik nazokat me’yor tuyg’usi va o’z o’quvchilari to’g’ri munosabatga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning psixologik asoslari deb bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar), ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy hislatlarning jamini aytish mumkin, ular o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlari dialog (muloqot) tarzida bo’lishi lozimligini tushunishi muhimdir. Agar o’qituvchiga o’quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo’l-yo’riq bo’lsagina bunday muloqot ro’y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo’l-yo’riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o’zaro ishonch va do’stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do’stga ega bo’lish va u bilan muomala qilishga qat’iy ehtiyoj mavjud bo’ladi
«Burch», «Or-nomus», «Vijdon» kategoriyalari «Kasb burchi» tushunchasi. Inson jamiyat hayotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida faoliyat yuritadi, ana shu jarayon davomida turli xil kishilar, guruhlar bilan aloqada bo`ladi. Har qanday aloqadorlik odamlarga qandaydir majburiyat yuklaydi. Ana shu majburiyatni bajarish burchni keltirib chiqaradi. Burch-ado etilishi, bajarilishi shart bo`lgan vazifa, majburiyatdir. Maorif sohasi xodimlarning kasbiy burchi deb xodimlarning jamiyat, davlat qo`ygan vazifalarni, xizmat vazifalarini majburiy ravishda bajarishlariga aytiladi. O`qituvchilik kasbiy burchining asosiy mazmunini tashkil etuvchi vazifa va majburiyatlar quyidagilardan iborat: - ona Vatan-O`zbekiston Respublikasiga cheksiz sadoqat bilan xizmat qilish; - o`z davlati konstitutsiyasiga va qonunlariga qat‘iy rioya qilish, buyruq va nizomlarning talablarini bajarish; - o`qituvchilik faoliyatida va shaxsiy hayotda halol va to`gri, mehnatsevar, intizomli bo`lish; - axloq, odob qoidalariga qat‘iy rioya qilish, doimo ozoda va orasta kiyinish; - o`z fani mazmunini va bu fanni o`qitish metodikasini puxta egallash; - o`z kasbiga nisbatan muhabbatli bo`lish, bolalarni sevishi, ular bilan ishlay olish qobiliyatiga ega bo`lish; - kasbiy mahoratini doimo rivojlantirib borishi; - zamonaviy talablar bo`yicha yetuk, faol, ijtimoiy, siyosiy masalalarni to`gri tushuna olish qobiliyatiga ega bo`lishi. «Or-nomus va qadr qimmat» kategoriyalari. Or deganda,o`ziga nomunosib yoki el ko`rmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, nomus qilish tushunilsa, nomus deganda kishining o`z obro`sini uluglashi va ardoqlashi, oriyat, diyonat. Uyat-andisha qilish, sharm, hayo tushuniladi. Shunga ko`ra oriyatli odam deb or-nomusni biladigan,o`z obro`yini qadrlaydigan kishilarga aytilsa, nomusli odam deb uyat-andishani biladigan, sharm-hayoli kishilarga aytiladi. Nomus–bu iffat, bokiralik ma‘nolaridan tashqari kishining o`z mavqeini saqlash, ulug`lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg`ularini, oila, ajdodlar, kasbi sha‘niga dog` tushurmaslik ma‘nosini ham ifodalaydi. Nomusli odam ma‘naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni o`ziga el ko`rmaydi. O`qituvchilik kasbining sha‘ni deb, o`qituvchilik faoliyatini bajarishida o`zlarining insoniylik, adolatparvarlik, vijdoniylik, halollik hislatlarini har tomonlama namoyish qilib, oriyatli, diyonatli bo`lib, o`z kasblarini uluglashlari va ardoqlashlariga aytiladi. Qadr-qimmat deb xodimlarning jamiyatda, kishilar orasida tutgan o`rni, topgan obro`si, hurmati va nufuziga aytiladi.
«Or-nomus» kategoriyasi shaxs ahloqining tashqi tomonlarini ifodalasa, qadr-qimmat kategoriyasi esa insonning o`z-o`zini anglashi va nazorat qilishni ifodalaydi.