Pedagogik nazokat ayrim tashki belgilarga ( ko’z ifodasi, tovush oxangidagi, mimika va xokazolar ) o’quvchilar uning tushuntirishlarini tushunayotgani yoki tushunmayotganligini, shuningdek o’quvchilar xulqidagi ijobiy va salbiy xususiyatlar haqida fikr yuritishdan iborat.
O’qituvchining mustakil va ijodiy fikr yuritish uslubi uning amaliy faoliyatida o’quv materialini ajoyib qilib, kungildagidek bayon kila bilishida namoyon bo’ladi. Ijodiy fikr yuritish qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchi darslari hamisha jonli, qiziqarli utadi va samarali bo’ladi, chunki u o’quvchilarning tafakko’r faoliyatini doimo aktivlashtirib boradi. Pedagogik jarayondagi nazokat doimo ta‘limiy – tarbiyaviy maqsadlarga erishishga karatilgan bo’ladi. Shuning uchun biror maqsadga intiluvchanlik va o’z mexnat samaralarini oldindan ko’ra bilish, o’quvchilarni yomon xatti – harakatlardan ogoxlantirib qo’yish, ta‘lim va tarbiyadagi o’zini oklamagan usullarni o’z vaqtida o’zgartirish o’qituvchining obrusini oshiradi.
Pedagoglik faoliyati o’qituvchidan yuksak darajada rivojlangan irodaviy sifatlarni – o’quvchilarga nisbatan talab qo’yishda kat‘iylik va izchillik, o’zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilikni talab kiladi. Irodasi bush o’qituvchining o’quvchilar oldida obrusi bulmaydi. Uning darslarida intizom yomon bo’ladi. Darsdan tashkari ishlarni tashkil kila olmaydi. O’qituvchini o’quvchilar bilan munosabatida o’zini tuta bilishi, achchigi chikkanligini, xursandchiligini va bashqa xis – tuygularini o’quvchilarga sezdirmasligi zarur. O’qituvchi kerak bo’lgan holda bolalar bilan kulishmogi, ammo o’quvchi yomon harakat qilgan takdirda esa o’zining unga nisbatan bo’lgan nafratini ham yo’z mimikalari va pantomimikalar orkali ruyobga chikarmogi darkor.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchida eng yaxshi xususiyatlarning rivojlanishini ta‘minlaydigan asosiy shartlardan biri uning o’z ustida ishlashi, tinmay malakasini oshirib borishidir. Pedagogika, pedagogik mahorat, psihologiya, etika o’qituvchi odobi kabi fanlarni chuqur o’rganish o’qituvchiga o’z yutuk va kamchiliklarini anglab yetishda katta yordam beradi.
Pedagog o’quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto’g’ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o’qituvchi hurmati keta boshlaydi.