6-Mavzu: Muloqot pedagogik mahoratning namoyon bo`lishidir. Pedagogik nazokat va pedagogik odob axloq


Naql. Naql atamasi yaqin va o ‘rta sharq xalqlari orasida «Zarbulmasal»



Yüklə 91,7 Kb.
səhifə8/20
tarix07.03.2023
ölçüsü91,7 Kb.
#86936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
6 MAVZU

Naql. Naql atamasi yaqin va o ‘rta sharq xalqlari orasida «Zarbulmasal» deb yuritilgan. K.Imomov esa uni matal deb ataydi«Naql» asli arabcha so‘z bo‘lib, joydan joyga eltmoq, biror ertak, voqea, maqol, xabarlarni so‘zlab bermoq, naql qilmoq ma’nolarini anglatadi. O'tmishda qadimgi turkiy yodnomalar, xalq kitoblari, qo‘lyozmalardagi mif, ertak, afsona, rivoyat, doston, maqol, matal, topishmoqlar ham naql deb yuritilgan. Lekin hozir u folklorning mustaqil bir janriga nisbatan qo‘llanadi. Turmushdagi turli narsa va hodisalami izohlashga qaratilgan axloqiy-didaktik mazmundagi, ramz va majozga asoslanuvchi kichik og‘zaki hikoyalar naql deb yuritiladi.
Naql xalq donoligining o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, asosan, axloq normalari haqida bahs yuritadi. Shuning uchun uning asosida har doim o‘git — nasihatomuz fikrlar yotadi. Kishilar o'rtasida axloq tamoyillari, dunyoviy tushunchalar haqida fikrlash ehtiyoji naqllarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Naqllarning tuzilishi juda sodda, hajmi ixcham bo‘ladi. Unda bayon qilinayotgan fikr etiologik xarakteri, didaktik mazmuni, informativ-estetik vazifasi bilan diqqatni tortadi. Naqllar badiiytasvir vositalariga u qadar boy bo‘lmaydi, mubolag‘asiz yaratiladi. Naqllar ma’lum bir hayotiy ehtiyoj munosabati bilan aytiladi. Besabab aytilmaydi: ko‘pincha muhokamaga sabab bo'lgan voqeani tasdiqlash yoki axloq qoidalarini buzib ish yuritayotgan biror-bir shaxsni ogohlantirish yoxud noto‘g‘ri tushunchani tartibga solish maqsadida aytiladi. Shu bois naqlning majoziy ma’nosi va ta’limiytarbiyaviy vazifasi uning asosiy belgisi hisoblanadi.
Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida quyidagilar bosh omil bo‘lgan:
1. Xalqning hayotiy tajribasi va dono falsafasi.
2. Mashhur Hind xalq kitobi «Panchatantra» va uning taijimalari, «Kalila va Dimna», shuningdek, arablaming mashhur «Ming bir kecha» ertaklari.
3. O‘zbek xalq ertak va maqollari. Maishiy hayotdagi o‘mak bo'larli voqea-hodisalar, ibratli axloqiy tushunchalar naqllar uchun mavzu qilib belgilangan. Naqllarda voqelik hayotiy va xayoliy uydirma vositasida tasvirlanadi. Ulardagi obrazlar umumlashma xarakter kasb etadi va yaxshilik hamda yomonlik timsoli sifatida o'zaro zidlikda keltiriladi. Shuning uchun naqllarda ramz va zid qo'yish san’ati yetakchi rol o'ynaydi.
Naqlning yechimi kutilmaganda, favqulodda sodir bo‘ladi. Bunga sabab bo'ladigan voqea esa oldindan sezilmaydi.

Yüklə 91,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin