Pedagogik muloqot tuzilishi. V.A.Kan-Kalik fikricha pedagogik muloqot jarayoni quyidagicha tuziladi:
Pedagog tomonidan sinf bilan bo`lgusi muloqotni modellashtirish (prognostik etap);
Dastlabki o`zaro faoliyatdagi bevosita muloqotni tashkil etish (Kommunikativ aloqa);
Pedagogik jarayon borishida muloqotni boshqarish;
Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish va uni yangi faoliyat uchun modellashtirish.
Muloqotning har bir bosqichida o`qituvchi nimani bilishi kerak? Modellashtirish bosqichi auditoriyaning o`ziga xosligi, xususiyatlarini bilishini talab etadi: bilish faoliyati xarakteri, uchrashi mumkin bo`lgan qiyinchiliklar: ish dinamikasi tayyorlanayotgan dars o`zaro hamkorlikka mos va faqat o`qituvchi shaxsidan emas, balki o`quvchi shaxsi tomonidan ham o`ylangan bo`lishi, turli variantlarda tuzilishi lozim.
“Kommunikativ ataka” bosqichida sinfning tezda ishga jalb qiladigan texnika kerak, samoprezantistiya va dinamik ta`sir priyomlarini egallash lozim.
Muloqotni boshqarish bosqichida o`quvchilar tashabbusini quvvatlash, dialog muloqot tashkil etish, o`z fikrlarini real sharoitga moslay olish ko`nikmalari zarur bo`ladi.
Tahlil qilishda maqsad, vosita va natijalar majmuasini tahlil etadi. O`quv tarbiya jarayonida o„qituvchi muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbar, tashabbuskor bo`ladi.
Insonning axloqiy tarbiyalanganligi uning atrofidagi narsalarga bo`lgan turli-tuman munosabatlarda namoyon bo`ladi. U insonning xislarida kechinmalarida ifodalanadi hamda xulq - atvorida xatti - harkatida bo`ladi. Bolalarga yaxshilik qilish va mehribonlik ichki kechinmamiz bilan holatdagina emas, balki pedagogik faoliyatimizdagi bola bilan yoki sinf bilan munosabatdagi asosiy motiv asosiy rag`bat bo`lishi kerak. Muomala rollar orqali shaxs faoliyati uchun muayyan maydon yaratib, unda u yoki bu sostial xulq atvorni programmalashtirish o`qituvchi o`quv tarbiya jarayoniga shaxsiy roli shaklini kiritadi. Dars jarayonida o`quvchilarni o`qituvchi tashkilotchi va ijrochi rollarida bo`lishga imkon beradi.
Muomala shaxsga o`zini tanishga o`rgatadi. O`qituvchi darsni rejalashtirar ekan faqat axborotni egallash haqida o`ylamasligi, balki avvalo o`qituvchining yordamiga muxtoj bo`lgan o`quvchilarning o`zi ifodalay olishi uchun sharoit yartish haqida o`ylash, har bir o`quvchining qiziqishini ta`minlovchi sharoitlarni ko`ra olishi va hamkorlikni ta`minlanishi lozim.