6-Mavzu: Muloqot pedagogik mahoratning namoyon bo`lishidir. Pedagogik nazokat va pedagogik odob axloq


Afsona. «Afsona» atam asi forscha «afsun — sehr-jodu»



Yüklə 91,7 Kb.
səhifə6/20
tarix07.03.2023
ölçüsü91,7 Kb.
#86936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
6 MAVZU

Afsona. «Afsona» atam asi forscha «afsun — sehr-jodu» m a’nosini anglatuvchi so'zdan olingan bo'lib, fantastika, uydirm a asosida yaratilgan nasriy hikoyalarga nisbatan qo'llanadi. O 'tm ishda bu atam aning o'm ida «cow» — sov so'zi ishlatilgan. M .Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» kitobida izohlanishicha, sov atam asi otalar so'zi (maqol), qadimgi biror voqeani aytib beruvchi hikoya, risola, xat, kitobcha, so'z va nutq kabi k o'p m a’nolarni anglatganki, shulardan o 'tm ish v o q ealarid an xabar beruvchi hikoya, qissa tushunchalari qay darajadadir afsona hodisasini ham ifodalab kelgan.38 A risto tel a fso n alarn i « h aq iq atd an xabar b eru v ch i y o lg 'o n hikoyalardir» deb ko'rsatadi.
Afsona — o'zbek xalq og'zaki ijodining eng qadimgi, an’anaviy va keng tarqalgan janrlaridan bin. Hayotiy voqelikni xayoliy uydirmalar orqali bayon etadigan, biror m a’lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan og'zaki nasriy asarlar afsona deyiladi.
Afsonada hayotiy voqelikning tasviri epik talqinga bo'ysundiriladi. Yetakchi motivlar tarkibi esa an ’anaviy epik detallarga boyligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ko'pincha u ertakka o'xshab ketadi. Biroq ular ertaklar kabi q at’iy kompozitsiyaga ega emasligi bilan farq qiladi. Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o‘zi istagan shaklda aytaveradi. Afsona sof axborot beruvchilik va/.ifasini bajaradi. U ko‘pincha biron-bir voqea-hodisaga kishilarni ishontirish m aqsadida aytiladi. A fsonada bayon qilinayotgan voqeaning o ‘tmishda bo‘lib o ‘tganligiga alohida urg‘u beriladi. E pik tafa k k u rn in g tad rijiy ta ra q q iy o ti n u q ta i n a z a rid a n i-iaraganda, afsonalar m iflardan keyingi stadial bosqich sifatida sliakllanganligi seziladi. Chunki ularning tarkibida mifologik obrazlar m uhim o ‘rin tutadi.
O`‘zbek xalq afsonalarining sujet tarkibida turkiy va boshqa xalqlar m ifologiyasi bilan bog‘liq ko ‘plab qadim iy motivlar saqlanib qolgan. Afsona kompozitsiyasi ertaklarniki kabi an ’anaviylikka, qat’iylikka ega emas. Uning sujet tuzilishi sodda va qisqa. Afsonalar voqelikni g‘ayritabiiy, fantastik tasvirlashi jihatidangina ertaklarga o ‘xshab ketadi, xolos. Afsona sujetini turli mifologik, diniy lwdisalar, geografik joylar nomi, tabiat hodisalari, ayrim tarixiy shaxs va voqealarga aloqador g'aroyib talqinlar tashkil etadi.
Shunga ko'ra afsonalaming mazmunmundarijasi rang-baranglik kasb etadi. Deyarli barcha afsonalaming sujeti bir yoki ikki epizoddan iborat bo‘ladi. Sujet voqealari ko'pincha tugundan boshlanadi. Voqealar talqinida va tasvirida fantastika ustivorlik qiladi. Afsonalaming asosiy personajlar tarkibi tarixiy shaxslar, xayoliy va mifik obrazlardan iborat.

Yüklə 91,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin