Muomala jarayoni ikki tipda bo`lishi mumkin: Dialog va monolog. Monolog muomalada hamkorlik bir tomonning ijrochiligi asosida quriladi. Pedagogik faoliyat pedagogning bolalar bilan yaxshi munosabati jarayonida, ishni demokratik tashkil etish va birgalikdagi ijodiy faoliyat jarayonida bo`lishi mumkin. Diologik muomilada esa hamkorlik ikki tomonning ijrochiligi asosida quriladi, ya`ni savol – javob tariqasida. Pedagogik muloqot bu o`qituvchi professional aktivligining bir ko`rinishi bo`lib, bunda ta`lim va tarbiya vazifalari o`qituvchi hamda o`quv tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o`rtasidagi o`zaro ta`sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o`qituvchi baho beruvchi rolida chiqadi, ikkinchi uning o`zi baho oluvchi hisoblanadi. Ravshanki bunday hollarda pedagogik ta`sir ko`rsatish vazifalari va vositalari ham o`qituvchining pedagogik muloqoti har xil bo`ladi. Biz quyida o`qituvchining o`quvchilar bilan muloqotini qarab chiqamiz. Pedagogik muloqotning tarkibiy qismlari uning vazifalari o`qtuvchining o`quvchilar va kasbdoshlari bilan uzviy aloqalari vositalar hamda usullari muloqot xarakteriga baho berishdan iborat bo`ladi.
Начало формы
KEYINGI
Конец формы
◄ 5-MODUL YUZASIDAN TAQDIMOT. 6-Mavzu: Muloqot pedagogik mahoratning namoyon bo`lishidir. Pedagogik nazokat va pedagogik odob – axloq.
2-reja: Muloqotga kirishishda o`zbek urf-odatlari, rasm-rusum va udumlar, ular haqidagi afsona, rivoyat, hikmatlardan foydalanish va boshlang`ich ta`lim tizimida ularni tatbiq etish usullari.
O`zbek xalqi qadim o`tmishdan bugungi kungacha o`zining boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo`lib, zamonlar osha uni o`z qalbi va ma’naviyatida saqlab kelib avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Unda millatning orzu-umidlari, u yashayotgan tabiiy geografik, ijtimoiy muhit, xalq istidodi, malakasi, qobliyati, etnik xususiyat hamda belgilari o`z ifodasini topgan.
Jamiyatning muhim bo`g`ini hisoblangan oila munosabatlari nikohdan boshlangan. Nikoh-yangi oila vujudga kelganligi jamiyat tomonidan e’tirof etiladigan shar’iy, qonuniy holatdir.
Oilani, avvalo ota boshqaradi, oila oldidagi burchi va vazifasi mas’ulligi sababli, otaning mavqei oilada yuqori turadi. Oila boshlig`i undagi ichki intizomni saqlashi, odob-axloq mezonlariga amal qilishni nazorat qilishi, iqtisodiy-moliyaviy ta’minot vazifalarini bajarishi zarur bo`lib hisoblanadi. O`zbek oilasining tarbiyaviy tomonlaridan yana bir muhim jihati shundaki, unda otaning shariat tartiblari yoki milliy urf-odatlarga muvofiq ayollarning insoniy huquqlarini kamsitmasligi, hurmatini o`rniga qo`yishi, ularga mehribon va xushmuomala munosabatda bo`lishi, farzandlarning bilim olishi, kasb-hunar egalari bo`lishini ta’minlashi, sog`lom o`sishlari uchun mumkun bo`lgan sharoitlarni yaratishlari axloqqoidasi sifatida shakillangan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi jamiyat hayotida alohida o`rin egallab kelgan. Oilada o`g`il bolalarga avlod davomchisi sifatida qaralgan. Qizlarga esa bo`lajak ona va sadoqatli uy bekasi, iffat ramzi sifatida tarbiya berilgan. Voyaga yetish jarayonida o`g`il bola ota ta’sirida, qiz bola esa ona ta’sirida ulg`ayganlar. O`zbek xalqiga mos muhim xususiyatlardan biri bu mahalla ahlining bolalarni tarbiyalashda hamjihatlikda harakat qilishlaridir. Otaning farzand oldidagi burchlari shariat va islomiy qoidalar bo`yicha yaxshi nom qo`yish, xushxulqli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli qilib o`stirish, o`qitish, kasb-hunarli qilish, uylantirish, qizlarni turmushga chiqarish kabi vazifalarni ado etishdan iboratdir. Ota-onalar qariganda, mehnat layoqatini yuqotganda farzandlar o`z ota-onalarini holidan xabar olishlari va g`amxurlik qilishlari o`zbekchilikning muhim shartidir.
O`zbek xalqining turmush tarzini uning sharqona dasturxonsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Dasturxon atrofida o`zbek xalqining samimiyati jo`sh urib turadi, insoniy milliy qadriyatlarimizning ham moddiy, ham ma’naviy ko`rinishlari omuxta va mujassam holatda yuzaga chiqadi. Turli toifadagi kishilar ham dasturxon atrofida hurmat qilinib, iliq so`zlar bilan bir-birini alqydilar. Shunga ko`ra xalqimiz dasturxoni aziz, muqaddas, rizq-ro`z manbai, ramzi deb belgilangan. Taomilga ko`ra tanovul qilishni yoshi ulig` kishi boshlab beradi. Agar oila davrasida bo`lsa avval ota, so`ngra ona boshlaydi.
Fasillar bilan bog`liq urf-odatlarlar va bayramlarlarni bir-biridan qo`yidagicha ajratish mumkin.
1. Qishki mavsumda o`tkaziladigan gap-gashtak va ziyofatlar.
2. Bahorgi tantanali marosimlar, ya’ni Navro`z, shox moylar qo`sh chiqarish, lola yoki qizil gul sayli, loy tutish va boshqalar.
3. Kuzgi marosimlar-hosil yig`imi’ shamol chaqirish va uzum sayli kabi marosimlar.
Har bir fasilda o`tadigan urf-odat va marosimlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan. Xalqimizda Navro`z bayrami alohida ko`tarinki va jozibadorlik, tantanavorlik hamda mehr-oqibatlilik mazmuni ufurib turgan holatda o`tgan.
Sharq mutafakkirlarining, jumladan Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom ilmiy ijodiy meroslarida Navro`z ilk bahorning kirib kelishi, dehqonchilik bayrami sifatida ta’riflanadi. Navro`z ham xalq ham davlat bayramidir. Bayramga bag`ishlab turli sport tadbirlari, karnay-so`rnaylar, dorbozlik, aytishuvlar, ashula va raqs tadbirlari ko`tarinki ruhda o`tkaziladi. Har bir xonadon turli xil pishiriqlar, taomlar pishirganlar eng asosiysi Navro`zning shox taomi sumalak katta dosh qozonlarda tayyorlanib, butun mahalla ahliga ulashiladi.
Xulosa qilib aytganda, xalqimizning tarix sinovlaridan o`tgan bayramlari marosimlari, urf-odatlari xalqimizning ajoyib fazilatlari, milliy xususiyatlari, qadriyatga aylangan xalqchilik ruhi bilan sug`orilgan jihatlarini, halollik, poklik, mehnatsevarlik xuslatlarini namoyon etadi. Xalqning o`ziga xos milliy, ruhiy ko`rinishlarining barchasi xalq bayramlarida o`z ifodasini topadi.