6-Mavzu: Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi Mashg’ulot texnologiyasi(6-ilova) O‘UMga qaraydilar Mashg‘ulot rejasi
Mashg‘ulot rejasi: Sinf rahbarining faoliyati haqida umumiy tushuncha. Sinf rahbarining ish rejalari haqida tushuncha. Sinf rahbarining ish rejalari. Sinf rahbari deganda o’quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo’lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog sinf rahbari deb ataladi.Sinf rahbarining asosiy maqsadi, o’quvchilarini to’g’ri tarbiyalash jarayonida o’quvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olishi va sinf rahbari tomonidan o’quvchilarga e’tiborliroq bo’lishi kerak.Sinf rahbarining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni zamon talabidagi bilimlar asosida tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar turadi. Bularni amalga oshirish sinf rahbari faoliyatiga, bilim darajasiga bog’liq, ya’ni o’quvchilarga bilim berish tarbiyaviy ishlarni to’g’ri tashkil eta bilish va amalda joriy etish. Ota-onalar o’rtasida targ’ibot ishlarini tashkil etish, sinf rahbariga qoygan pedagogik talablarga javob berish kerak. Bu esa sinf rahbari o’qituvchidan o’quvchilarni sevishni, o’z kasbini yaxshi ko’rishi va kerakli bo’lgan bilimga o’z vaqtida ega bo’lishni talab etadi. Sinf rahbarini tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi 3 yo’nalishda amalga oshiriladi: 1)sinf jamoasini to’g’ri tashkil etish. 2) tarbiyaviy ishlarga o’quvchilarni jalb qilish. 3) o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash. Sinf rahbari o’z ishlarini maktab ma’muriyati rahbarligi va bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boriladi.Shuning uchun uning faoliyatini rejalashtirish umummaktab hamda bolalar va o’smirlar, “Kamolot” jamg’armasi ishining rejalashtirilishi bilan uzviy ravishda bog’langandir.Sinf rahbari ishinin rejalashtirishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etadilar, biroq unga sinf rahbari boshchilik qiladi.Sinf rahbarlari oldida juda qiyin vazifa-tarbiyaviy maqsadlarda oylangan har bir narsani bolalar o’zlarining shaxsiy fikr va g’oyalari sifatida qabul qilishlariga erishish vazifasi turadi.Har bir sinf rahbari o’z-o’zini boshqarishning saylab qoyiladigan o’quvchilar qo’mitasi hamda bolalar va yoshlar tashkilotlari bilan birga ishlab, sinf jamoasiga rahbarlik qilish yuzasidan olib boriladigan amaliy ishlarda bu talabni royobga chiqaradi.Tajribali sinf rahbarlari o’zining kuzatishlari va hilosalarini aolhida varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi.Bular maxsus jildlarda saqlanadi. To’plangan ma’lumotlar o’quvchilar jamoasi hayotini, uning eishgan yutuqlari va kamchiliklarini keyinchalik tahlil qilish uchun hizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Tegishli meyoriy xujjatlar, sinf rahbari haqidagi Nizom asosida tashkil etiladi.Sinf rahbari ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga birikkan sinf o’quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.Yurtboshimiz :’’O’qituvchi bola timsolida shaxsni ko’rish kerak. Shaxsda Olloh taolo bergan iqtidorni aniqlash, royobga chiqarish kerak’- degan fikrini alohida ta’kidlash joiz.Sinf o’quvchilarining ma’naviy- ma’rifiy tarbiyani tashkil etishda o’qituvchilar, bolalar yetakchilari, psixologlar, ota-onalar, shuningdek ta’lim muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar boyicha komissiya ishlaydi.Sinf rahbari ta’lim muassasalarida, keng jamoatchilik orasida sinf o’quvchilarining ta’lim tarbiyasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Yüklə 146,35 Kb. Dostları ilə paylaş: |