Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi - 0‘qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi- tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir.