Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi - xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish.Mehnatning tarbiyaviy ta’siri g‘oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish -o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri - ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart.
Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish -tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini - bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik bosqichlarini bosib o‘tadilar.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash -tarbiya jarayoni o’quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat qilishi Iozim.
1Educational Psychology: A Tool for Effective Teaching. Chapter One