Yaxlit tarzda tizimlitashkil etilishida. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g'oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda takomillashtiriladi. Shu bois pedagogik ta'sir ham yaxlitdir, tizimlilik xarakteriga ega bo'lishi mumkin. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o'qituvchi bilan o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishini talab qiladi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya'ni, o'qituvchining o'quvchiga nisbatan ko'rsatadigan ta'siri (to'g'ri aloqa) hamda o'quvchining o'qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g'oyasiga muvofiq endilikda o'quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo'lib qolmasdan, subyektiv sifatida ham faoliyat ko'rsatadi. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo'layotgan tashqi ta'sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur.
Qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o'quvchilarda o'z tushunchalariga muvofiq paydo bo'lgan dastlabki sifatlar o'rtasida yoki o'quvchilarga qo'yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o'rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko'pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo'lmasligidan, o'qituvchi va tarbiyachiiarning o'quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe'1-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog'lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Demak, tarbiya jarayoni o'zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
aniq maqsadga yo'naltirilgan jarayon;
ko'p qirrali jarayon;
uzoq muddatli jarayon;
yaxlit tizimlilik jarayon;
ikki tomonlama aloqa jarayoni;
qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Dostları ilə paylaş: |