173
XIII BOB. KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH
METODIKASI FANIDAN MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
VA UNI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY TAVSIYALAR
13.1 Mustaqil ish topshiriqlarini bajarish barobarida “Kurash
turlari, va uni o‘qitish metodikasi” fanidan talabalarning bilim va
malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini o‘rganish
jarayonida talabalar fanga doir quyidagi tushunchalarni bilishlari hamda
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari nazarda tutiladi:
– darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha
fan boblari va
mavzularini o‘rganish;
– tarqatma materiallar tayyorlash;
– yiqilish va yiqitish usullari chizmasini chizish va mashq
variantlarini ishlab chiqish;
– maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;
– mashq davomida ishlatiladigan sport anjomlarini o‘rganish;
– talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
– faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv
mashg‘ulotlari va boshqalar;
–
amaliyotda maktab, BO‘SM (bolalar o‘smirlar sport
maktablari)da pedagog va murabbiylarga yordam berish hamda mustaqil
dars kospektlarini tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
– jismoniy madaniyat va sport xodimi
faoliyatining alohida
xususiyatlarini egallab olish;
– mustaqil ish topshiriqlarini bajarish jarayonida “Kurash turlari va
uni o‘qitish metodikasi” faniga doir o‘z bilimlarini oshirib borish,
amaliyotda esa
ushbu fan erishgan yutuqlar, ilg‘or ish tajribalaridan
foydalanish, oddiy pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish, jismoniy madaniyat
va sport mutaxassisligiga oid kasbiy-pedagogik
mahorat darajalarini
egallab borish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: