6-rasm 12. Yuk (yuklama) usullari texnikasi va usulga qarshi usullarni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix20.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#165962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurash turalri-161-182

 
20-rasm 
 
12.5.2 Yelkadan oshirib tashlash 
 
Raqib oldinga enkaygan yoki kurashchiga qarab harakatlangan 
paytda bu usulni bajarish qulaydir (21-rasm). 
DH – kurashchining olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap 
yoki o‘ng yeng va yoqa qaytarmasidan. 
1- chap oyoq bilan raqibga yarim qadam yaqinlashish va tovonini 
ichkariga burish. 
2-3- raqibni siltab oldinga tortib, muvozanatini chap oyog‘i uchiga 
keltirish, bir paytning o‘zida chap oyoqda aylanib, raqib gavdasi ostiga 
bir oz o‘tirish. 
4- raqibni oldinga tortishni davom ettirib, gavda ostida 
cho‘nqayish. 
5-6- oldinga egilgan holda va qo‘llar bilan raqibni yoniga va ostiga 
burab, uni yelkasi bilan gilamga uloqtirish. 


166 
21-rasm 
12.5.3 Ikki yengidan ushlagan holda yelkadan oshirib uloqtirish 
 
Raqib tik turib ikki qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni 
bajarish qulay (22-rasm). 
DH – raqibning olishuvini boshlash holati. Ushlashlar raqibning 
chap yoki o‘ng yenglaridan. 
1- raqib tomonga o‘ng oyoq bilan bir qadam qo‘yish. 
2-3-4- o‘ng oyoq ustidan o‘ng tomonga buralib, o‘ng qo‘lini siltab 
yuqoriga - oldinga ko‘tarib, raqib gavdasi ostiga tizzalari bukilgan holda 
tos bilan kirib yaqinlashib kelish. 
5-6- qo‘llar bilan oldinga - yuqoriga tortishni davom ettirib, gavda 
bilan oldinga enkayib, tizzalar birdaniga to‘g‘rilanib, tos bilan gilamga 
uloqtiriladi. 


167 
22-rasm 
12.5.4 Qarama - qarshi ushlash bilan orqadan oshirib tashlash 
 
Raqib bir qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni bajarish qulay 
(23-rasm). 
DH – raqibning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar raqibning 
chap yoki o‘ng yengi va yoqa qaytarmasidan teskari tartibda. 
1- chap oyoq bilan raqib tomonga yarim qadam yaqinlashib, oyoq 
yuzini tashqariga burish. 
2- o‘ng qo‘l bilan raqibning chap yengidan ushlab, chap oyoqdan 
burilib va o‘ng oyog‘i bilan raqibning ikki oyog‘i o‘rtasiga tos bilan 
kirish. 
3-4- qo‘l bilan raqibni oldinga - yuqoriga torta turib chap oyoqni 
uning o‘ng oyog‘i oldiga qo‘yish va raqib gavdasi ostiga tizzalarini 
bukib, bir oz pasayish. 
5-6- qo‘l bilan raqibni tortishni davom ettirib, gavda bilan burulib 
va tos bilan raqib gavdasini urib yuborib, uni yelkasi bilan gilamga 
uloqtirish. 


168 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin