164
19-rasm
12.5 Yelka usullari
Kurashchi raqib yaktagining qulay joyidan ushlab, raqibni
muvozanatdan chiqarib, raqibni yelkadan
oshirib tashlaydigan barcha
usullar “Yelka” deb nomlanadi.
14
12.5.1 Oldindan yelka
Raqib oldinga engashgan yoki hujumchiga suyangan paytida bu
usulni bajarish qulay (20-rasm).
DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap
yoki o‘ng yoqasi va yengidan.
1- chap oyoq bilan oldinga intilib tovonni ichkariga qo‘yib,
og‘irlikni o‘ngga o‘tkazib o‘ng oyoqni bo‘shatish.
2-3-4- chap oyoqda aylanib,
raqibni siltab oldinga tortib, og‘irlik
tayanchini uning chap oyog‘i uchiga o‘tkazishga majbur qilish, shu
harakatga hamohang raqib ostiga tizzalarini yarim bukkan holda kirib va
uni qo‘l bilan oldinga, yuqoriga itarish.
5-6-
itarishni davom ettirib, raqibni yelkaga ko‘tarib olish va
hujumdagi oyoqni to‘g‘ri qilib raqibni yelkasi bilan gilamga uloqtirish.
14
K.Yusupov. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. 2005 y.