6. Simulink paketi


 2. Simulink ni ishga tushirish



Yüklə 422,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix02.06.2023
ölçüsü422,2 Kb.
#122076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Simulink paketi

 
6. 2. Simulink ni ishga tushirish 
MATLAB dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin (6. 1-rasm) Simulink 
dasturini quyidagi uchta usulning biri yordamida ishga tushurish mumkin:
Simulink tugmasini bosish
• MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so'zini terib 
klaviaturadagi  klavishasini bosish;
• File menyusida Open... buyrug'ini bajarish va modelning faylini (mdl-
fayl) ochish. 
6. 1-rasm. MATLAB dasturining asosiy oynasi 
 
 
Birinchi va ikkinchi usullardan foydalanilganda Simulink bibliotekasi 
bo'limlarining Browse oynasi ochiladi ( 6. 2-rasm). 


 
6. 2-rasm. Simulink bibliotekasi bo'limlarining oynasi 
 
6. 3. Simulink bibliotekasi bo'limlari
6. 2-rasmda Simulinkning asosiy bibliotekasi (oynaning chap tomonida) va 
uning bo'limlari (oynaning o'ng tomonida) ko'rsatilgan. 
Simulink bibliotekasida quyidagi asosiy bo'limlar mavjud:
• Continuous — chiziqli bloklar; 
• Discrete — diskret bloklar: 
• Math — matematik amallar bloklari;
• Sinks — registratsiya qiluvchi qurilmalar; 
• Sources —signallar va ta'sirlar manbalari va boshqalar. 
Simulink bibliotekasi bo'limlarining ro'yxati daraxtsimon shaklga ega 
bo'lib bunday ro'yxatlar bilan ishlash qoidalari odatdagidek. Bibliotekaning zarur 
bo'limi tanlanganda uning tarkibi oynaning o'ng qismida ochiladi. Oyna bilan 
ishlashda menyuda jamlangan buyruqlardan foydalaniladi. Menyuda quyidagi 
tugmalar mavjud: 
File (Fayl) — biblioteka fayllari bilan ishlash
Edit (Tahrirlash) — bloklarni qo'shish va ularni izlash (nomi bo'yicha); 


View (Ko'rinish) — interfeys elementlarining ko'rinishini boshqarish; 
Help (Yordam) — Biblioteka bo'yicha yordam oynasini chiqarish. 
Asboblar panelidagi tugmalarning vazifalari quyidagilar: 
• 
Yangi S-modelni yaratish (model yaratish uchun yangi 
oynani ochish). 
• 
Mavjud S-modellardan birini ochish
• 
Oynaning xossalarini o'zgartirish; 
• 
Blokni nomi (yoki nomidagi birinchi simvollar) 
bo'yicha izlash. Blok topilgandan keyin bibliotekaning mos 
bo'limi ochiladi va topilgan bo'lim ajratib ko'rsatiladi. Agar 
blok topilmasa izoh oynasida Not found < blok nomi> (blok 
topilmadi ) yozuvlari paydo bo'ladi. 
SIMULINK muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur: 
• File/New/Modelbuyrug'i yoki asboblar panelidagi tugma yordamida 
modelning yangi fayli yaratiladi. Modelning yangi yaratilgan oynasi 7.1-
rasmda ko'rsatilgan;
• Model oynasida bloklarni joylashtiriladi. Buning uchun bibliotekaning 
kerakli bo'limi ochiladi (masalan, Sources— manbalar). So'ngra kerakli 
blokni kursor bilan ko'rsatiladi va sichqonchaning chap tugmasini bosib
yaratilgan oynaga suriladi. Bloklarga ega bo'lgan model oynasi 7.2-ramda 
ko'rsatilgan. Agar blokni yo'qotish zarur bo'lsa uning ustida sichqonchaning 
chap tugmasi bosiladi , keyin esa klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi. 
 
 
7.1-rasm. Modelning bo'sh oynasi 



7.2-rasm. Bloklarga ega bo'lgan blok oynasi 
Keyin, agar talab qilinsa, blokning parametrlari o'zgartiriladi. Buning 
uchun blok tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi. 
Blokning parametrlarini tahrirlash oynasi ochiladi. Kerakli o'zgartirishlar 
kiritilgandan keyin OK tugmasini bosish yo'li bilan oyna yopiladi. Misol sifatida 
7.3-rasmda Sygnal Generator bloki parametrlarini rostlash oynasi ko'rsatilgan.
  
 
7.3-rasm. Sygnal Generator bloki parametrlarini rostlash oynasi 
Hamma zarur bloklar sxemaga joylashtirilgandan keyin sxema elementlari 
o'zaro ulanadi. Bloklarni o'zaro bir-biriga ulash uchun blokning chiqishiga kursor 
olib boriladi va sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda boshqa blokning 
kirishigacha liniya chiziladi. Bog'lanish liniyasida tarqalish nuqtasini hosil qilish 
uchun tugun joylashishi zarur bo'lgan nuqtada sichqonchaning o'ng tugmasi bosilib 
kerakli liniya chiziladi. CHizilgan liniyani yo'qotish uchun liniya tanlanadi va 


klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi. Bloklari  bir-biri bilan ulangan modelning 
sxemasi 7.4-rasmda keltirilgan. 
 
7.4-rasm. Modelning sxemasi 
Hisoblash sxemasi tuzilgandan keyin uni diskda fayl sifatida saqlash kerak. 
Buning uchun sxema oynasidagi menyudan File/Save punkti tanlanib papka va fayl 
nomi ko'rsatiladi.

Yüklə 422,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin