6. Simulink paketi



Yüklə 422,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix02.06.2023
ölçüsü422,2 Kb.
#122076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Simulink paketi

Tizimning yangi holatini hisoblash usullarining ro'yxati bir necha variantni o'z 
ichiga oladi. Birinchi variant (discrete) diskret tizimlarni hisoblash uchun ishlatiladi. 
Qolgan usullardan uzluksiz tizimlarni hisoblashda foydalaniladi. Ushbu usullar 


uzluksiz (Variable-ster) va  belgilangan (Fixed-ster) vaqt qadamlari uchun har xil, 
lekin ular, o'z mohiyati bo'yicha, differentsial tenglamalar sistemalarini yechish 
protseduralari bo'lib hisoblanadi.
Ochiluvchi Ture ro'yxatlarning pastida tarkibi tanlangan model vaqtining 
o'zgarish usuliga bog'liq bo'lgan soha joylashgan. Fixed-ster tanlanganda bu sohada   
Fixed-ster size (belgilangan qadamning kattaligi) matn maydoni hosil bo'ladi. Uning 
yordamida modellash qadami ko'rsatiladi. Boshlang'ich holda modellash 
qadamining kattaligi tizim tomonidan avtomatik tarzda {auto) ko'rinishida qo'yilgan 
bo'ladi. Qadamning kerakli kattaligi auto qiymatining o'rniga son shaklida yoki 
hisoblanadigan ifoda shaklida qo'yiladi (bunday usul tizim tomonidan avtomatik 
tarzda (auto) qo'yiladigan hamma parametrlar uchun ham o'rinli).
• Belgilangan (Fixed-ster) qadamni tanlashda hisoblash rejimi  (Mode)ni ham 
berish zarur. Mode parametri uchun uchta variant mavjud: 
MultiTasking (Ko'p masalali) — agar modelda bir nechta ost tizim parallel 
ishlayotgan bo'lsa va model ishlashining natijalari ost tizimlarning vaqt 
bo'yicha parametrlariga bog'liq bo'lsa tanlanadi. Bunday rejim bloklar bir – 
biriga yuborayotgan signallarning tezligi va diskretligi o'zaro mos emasligini 
aniqlash imkoniyatini beradi.
SingleTasking (yagona masalali) — modellashning yakuniy natijasiga model 
tashkil etuvchilarining yetarli bo'lmagan darajada sinxronlash ta'sir 
etmaydigan modellar uchun ishlatiladi.
Auto (rejimni avtomatik tanlash) — Simulink rejimni avtomatik tarzda 
tanlaydi. Bu holda tarkibida signallarni har xil tezlikda uzatadigan bloklar 
bo'lgan modellar uchun MultiTasking rejim va tarkibida signallarni bir xil 
tezlikda uzatadigan bloklar bo'lgan modellar uchun SingleTasking rejimi 
o'rnatiladi. 
• O'zgaruvchi qadamli (Variable-ster) variant tanlanganda quyidagi uchta 
parametrni o'rnatish imkoniyatini beruvchi maydonlar hosil bo'ladi: 
Max ster size — maksimal hisoblash qadami. Boshlang'ich holda avtomatik 
(auto) varianti o'rnatilgan va uning qiymati StorTime va StartTime orasidagi 
farqning 1/50 ga teng bo'ladi. Ko'pchilik hollarda bunday qiymatlar keragidan 
katta bo'lganligi sababli kuzatiladigan grafiklar siniq (silliq emas) chiziqlar 
ko'rinishida bo'ladi. Bunday hollarda maksimal qadamning kattaligani yaqqol 
tarzda berish kerak.
Min ster size — hisoblashning minimal qadami. 
Initial ster size — modellash qadamining boshlang'ich qiymati. 
O'zgaruvchi qadamdan foydalanib uzluksiz tizimlarni modellashda hisoblash 
aniqligi ko'rsatiladi. Hisoblash aniqligi nisbiy (Relative tolerance) yoki absolyut 
(Absolute tolerance) bo'lishi mumkin. Boshlang'ich holda ular mos holda 10~
3
va 
auto o'rnatilgan bo'ladi. 
Solver ilovasining pastki qismida modellanayotgan tizim chiqish signallarini 
chiqarish parametrlari (Outrut ortions) sozlanadi. Ushbu parametr uchun quyidagi 
uchta variantdan biri tanlanadi:


 Refine outrut (korrektsiyalangan chiqarish) — model vaqtini va To 
Worksrace bloki yordamida MATLAB ishchi sohasida saqlanayotgan signallarni 
qayd qilish diskretligini o'zgartirish imkoniyatini beradi. Diskretlik kattaligini 
o'rnatish o'ng tomonda joylashgan Refine factor tahrirlash satrida bajariladi. 
Boshlang'ich holda Refine factorning qiymati birga teng, ya'ni, qayd qilish D=1 
qadam bilan model vaqtining har bir qiymati uchun bajariladi. Agar Refine factor 
ning qiymati 2 bo'lsa har ikkinchi signal, 3 bo'lsa har uchinchi signal qayd qilinadi. 
Refine factor parametri faqat butun musbat qiymatlarni qabul qilishi mumkin. 
Rroduce additional outrut (qo'shimcha chiqarish) — berilgan vaqt 
momentlarida model parametrlarini qo'shimcha ravishda qayd qilishni ta'minlaydi; 
ularning qiymati kvadrat qavs ichiga joylashgan ro'yxat ko'rinishida tahrirlash 
satriga chiqariladi (bu holda Outrut times (chiqarish vaqt momentlari) deb ataladi)
Bu variantdan foydalanilganda tayanch qayd qilish qiymati D=1 bo'ladi. Outrut 
times ro'yxatidagi vaqtning qiymati kasr son bo'lishi hamda har qanday aniqlikka 
ega bo'lishi mumkin.
Rroduce srecified outrut only (faqat berilgan chiqarishni formatlash) — 
Outrut times (chiqarish vaqt momentlari) maydonida ko'rsatilgan modelning 
parametrlarini faqat berilgan vaqt momentlarida chiqarish rejimini o'rnatadi. 
Nazorat savollari 
1. 
Simulink dasturi qanday imkoniyatlarini ega? 
2. 
Simulink ni ishga tushirishning qanday yo'llari bor? 
3. 
Simulink bibliotekasida qanday asosiy bo'limlar 
mavjud? 
4. 
Simulink ning asboblar panelidagi tugmalarning 
vazifalarini tushuntirib bering. 
5. 
Simulink da model yaratish uchun yangi oynani 
qanday ochiladi? 
6. 
SIMULINK muhitida model yaratish tartibini 
tushuntirib bering. 
7. 
SIMULINK ning model oynasi qanday elementlarni 
o'z ichiga oladi? 
8. 
Bir oynadagi bloklardan ikkinchi oynaga qo'yish 
uchun nusxa olish qanday tartibda amalga 
oshiriladi? 
9. 
Model bloklarining o'rinlarini almashtirish uchun 
qanday amallar bajariladi? 
10. 
Qanday yo'l bilan blokni bog'lovchi liniyalardan uzib 
qo'yish mumkin? 
11. 
Blokni burish  tartibini tushuntirib bering. 
12. 
Blokning o'lchamlari qanday o'zgartiriladi? 
13. 
Modelda 
signallarning 
belgilari 
va 
kommentariyalarni(izohlarni) joylashtirish tartibini 
aytib bering. 


14. 
Model ob'ektlarini formatlash qanday amalga 
oshiriladi? 
15. 
Hisoblashlar 
bajarilishidan 
oldin 
hisoblash 
parametrlari qaysi menyu yordamida o'rnatiladi? 
Test savollari 
 
Test savollari 
1. 
Simulink dasturi qanday imkoniyatlarni beradi? 
A) dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va 
loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi 
V) grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni imitatsiya qilish va 
loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi 
S) grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, 
tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini 
beradi 
D) to'g'ri javob yo'q 
2. 
Simulink ni ishga tushirishning qanday yo'llari bor? 
A) Simulink tugmasini bosish 
V) MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so'zini terib 
klaviaturadagi  klavishasini bosish 
S) File menyusida Open... buyrug'ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl) 
ochish 
D) yuqoridagi javoblarning hammasi to'g'ri 
3. 
Registratsiya qiluvchi qurilmalar Simulink asosiy bibliotekasining 
qaysi bo'limida joylashgan? 
A) Continuous 
V) Discrete 
S) Sinks 
D) Sources 
4. 
Diskret bloklar Simulink asosiy bibliotekasining qaysi bo'limida 
joylashgan? 
A) Continuous 
V) Discrete 
S) Sinks 
D) Sources 
5. 
Signallar va ta'sirlar manbalari Simulink asosiy bibliotekasining qaysi 
bo'limida joylashgan? 
A) Continuous 
V) Discrete 
S) Sinks 


D) Sources 
6. 
Signallar va ta'sirlar manbalari Simulink asosiy bibliotekasining qaysi 
bo'limida joylashgan? 
A) Continuous 
V) Discrete 
S) Sinks 
D) Sources 

Yüklə 422,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin