6. Simulink paketi



Yüklə 422,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix02.06.2023
ölçüsü422,2 Kb.
#122076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Simulink paketi



6. Simulink paketi 
Reja 
6. 1. Simulink 
6. 2. Simulink ni ishga tushirish 
6. 3. Simulink bibliotekasi bo'limlari
6.4. Model oynasi
6.5. Bloklar bilan amallar 
6.6. Ob'ektlarni formatlash 
6.7. Hisoblash parametrlarini o'rnatish va uni bajarish 
Tayanch so'z va iboralar 
SIMULINK muhitida model yaratish, model oynasi, blokning parametrlarini 
tahrirlash oynasi, bloklarni o'zaro bir-biriga ulash, bog'lanish liniyasida tarqalish 
nuqtasini hosil qilish, model oynasi, bloklar bilan amallar, Simulink, LT 
kompilyator, Simulinkning asosiy bibliotekasi, asboblar paneli 
6. 1. Simulink 
Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish 
uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni 
imitatsiya 
qilish, 
tizimlarning 
ishlashini 
tekshirish 
va 
loyihalarni 
mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to'la 
integrallashgan. 
Hozirgi vaqtda MATLABning yangi versiyasi MATLAB 6.5 (Release 13) va 
Simulink 5 keng ishlatilmoqda. 
MATLAB 6.5 dasturlarni tez bajarishni ta'minlovchi LT kompilyatorga ega. 
SHu sababli MATLAB 6.5 texnik hisoblashlar sohasida S dasturlash tilida kodlash 
bilan raqobatlashishi mumkin. Yangi versiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan 
biri m-fayllar mahsuldorligining (effektivligining) avvalgi versiyalardagiga nisbatan 
yuqoriligidir. 
Simulink 5 quyidagi yangi xususiyatlarga ega:
O'rni belgilangan (fiksatsiya qilingan) nuqta bilan hisoblashlarni amalga 
oshirish mumkin. Suzuvchi nuqta bilan hisoblashlardan fiksatsiya qilingan nuqta 
bilan hisoblashlarga yoki teskarisiga o'tish yo'li bilan modelni mukammallashtirish 
mumkin (bu holda Fixed-Point Blockset ni o'rnatish zarur). 
Look-Up Table Editor asbobi jadval bloklaridagi ma'lumotlarni qulay holda 
ko'rib chiqish va tahrirlash imkoniyatini beradi. Tahrirlagichni chaqirish model 
oynasidagi Tools menyusidan amalga oshiriladi. 
Model Discretizer asbobi uzluksiz bloklarni diskret bloklarga tanlab 
almashtirish imkoniyatini beradi (Control System Toolbox, 5.2-versiyani o'rnatish 
talab qilinadi). Diskretizator model oynasidagi Tools menyusidan chaqiriladi. 
Mukammallashtirilgan Diagnostic Viewer xatoliklarni diagnostika qilish 
vositasi xatolar to'g'risidagi axborotlarni konfiguratsiya qilish va ularga
giperssilkalarni qo'shish (kiritish ) imkoniyatini beradi. 
Maskalar tahrirlagichi Mask Editor dinamik dialog oynasini yaratish 
vositasiga ega. Maskalar tahrirlagichining Parameters bo'limidagi Callback paneli 


blok (osttizim) parametrlarining o'zgarishini qayta ishlaydigan funktsiyalarni 
kiritish imkoniyatini beradi. S-fiinction Builder bloki yangi Data Properties 
bo'limiga ega. Uning yordamida portlardagi ma'lumotlarning turlarini, kirish va 
chiqish signallarining ko'rinishini (haqiqiy yoki kompleks) berish, portlarning
metka (belgi)larini aniqlash, signallarning birliklarini kiritish mumkin.
Yangi Model Verification library bibliotekasi qo'shilgan. Biblioteka 
hisoblash jarayonida modelni tekshirish bajaruvchi bloklarga ega. 
Hisobot yaratish asbobi Print details model va osttizimlarning sxemalari 
hamda bloklarning parametrlari va ularning qiymatlarini o'z ichiga olgan HTML-
hujjatlarni shakllantiradi. Print details buyrug'i File menyusiga kiritilgan.
Ushbu bobda yuqorida keltirilgan kengaytmalar paketlarining tarkibi va ular 
bilan ishlash usullari keltirilgan. MATLAB, Simulink paketlari va Toolboxes, 
Blocksets kengaytmalarining paketlari bo'yicha kengroq ma'lumotlar [1, 2, 3, 4, 5] 
adabiyotlarda keltirilgan. Ular bilan ishlash usullari 
www.matlab.ru
 saytda mavjud.

Yüklə 422,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin