6. Simulink paketi



Yüklə 422,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix02.06.2023
ölçüsü422,2 Kb.
#122076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6. Simulink paketi

Blokni olib tashlash. Blok sxemadagi keraksiz bloklarni olib tashlash uchun 
ularni ajratib  yoki  klavishalardan birini bosish yetarli. Bundan 
tashqari blok-sxema oynasining Edit menyusidagi Clear (Tozalash) yoki Cut 
(Qirqish) buyruqlaridan ham foydalanish mumkin. Agar Cut buyrug'idan 
foydalanilgan bo'lsa, keyinchalik olib tashlangan blokning nusxasini Raste buyrug'i 
yordamida modelga joylashtirish mumkin. 
Blokni uzib qo'yish. Blokni bog'lovchi liniyalardan uzib qo'yish uchun  
  klavishasi bosilgan holda  uni boshqa joyga suriladi.
Blokni burish. Boshlang'ich holatda blok orqali signal chapdan o'ngga o'tadi, 
ya'ni chap tomonda blokning kirishlari o'ng tomonda esa chiqishlari joylashadi. 
Blokni burish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:  


• burish kerak bo'lgan blok ajratiladi; 
• blok sxema oynasining Format (Format) menyusidagi quyidagi buyruqlardan 
biri tanlanadi: Flir Block (Blokni 180 gradusga burish) yoki Rotate Block 
(Blokni soat strelkasi yo'nalishida 90 gradusga burish). 
Blokning o'lchamlarini o'zgartirish. Blok ajratiladi va sichqonchaning 
ko'rsatkichi blok burchak belgilaridan birining ustiga olib kelinadi. Ko'satkichning 
shakli ikki tomonga yo'nalgan strelka ko'rinishiga o'zgargan momentda 
sichqonchaning chap tugmasi bosilib kerakli tomonga suriladi.
Blokning nomini o'zgartirish va surish. Blokning nomi yagona va kamida bitta 
simvoldan iborat bo'lishi kerak. Blokning nomini o'zgartirish uchun uning ustida 
sichqonchaning chap tugmasi chertiladi (bosib qo'yib yuboriladi) va odatdagi usullar 
yordamida kerakli o'zgartirishlar kiritiladi.
SHriftni o'zgartirish uchun model oynasidagi Format (Format) menyusidan 
Font (SHrift) buyrug'i chaqiriladi va ochilgan dialog oynasidan shrift tanlanadi. 
Agar blokdan o'tadigan signalning yo'nalishi chapdan o'ngga bo'lsa blokning nomi 
uning pastida, signalning yo'nalishi o'ngdan chapga bo'lsa yuqorisida va pastdan 
yuqoriga yoki yuqoridan pastga bo'lsa blokning o'ng tomonida bo'ladi.
Ajratilgan blok nomining o'rnini ikki xil usul bilan o'zgartirish mumkin: 
• sichqoncha yordamida blokning qarama-qarshi tomoniga surish; 
• model oynasining Format menyusidagi Flir Name buyrug'idan foydalanish – 
bu usul ham blok nomini qarama – qarshi tomonga o'tkazish imkonini beradi.

Yüklə 422,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin