6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi (2019) – sinov test



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə38/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
6-10-KALITLAR

8-sinf O’zbekiston tarixi (2019) – sinov test
1. Qo’qon xonligining g’arbiy qismida (1) va sharqiy qismida (2) strategik jihatdan katta ahamiyatga ega shahar qal’alar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 1-O’ratepa, 2-O’sh, Pishpak
B) 1-Xujand, 2-O’zgan, O’sh
C) 1-Turkiston, 2-Avliyota, Taroz
D) 1-Jizzax, 2-Namangan, Pishpak
2. Qaysi sulola davrida bevosita hukmdorga qarashli yerlar “chek yerlar” deb atalgan?
A) Shayboniylar B) Qo’hg’irotlar C) Mang’itlar D) Minglar
3. Quyidagi qaysi hukmdorlar tuzgan muntazam qo’shin Navkariya deb atalgan?
A) Olimxon, Muhammad Rahimxon I
B) Amir Nasrullo, Olimxon
C) Muhammad Rahimxon I, Amir Nasrullo
D) Amir Haydar, Umarxon
4. Quyidagilardan o’z hukmronligi davrida pul islohoti o’tkazgan hukmdorlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Shaybonixon 2) Ubaydulloxon 3) Kuchkinjixon
4) Abdullaxon II 5) Ubaydullaxon II 6) amir Shohmurod
7) Muhammad Rahimxon I 8) Erdonabiy 9) Norbutabiy
10) Olimxon 11) Umarxon 12) Amir Nasrullo
A) 1,3,4,6,8,10,12 B) 1,3,4,5,6,7,8,12
C) 1,3,4,5,6,7, 9,10,11 D) 1,3,5,6,7,9,11,12
5. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri o’z hukmronligi davrida davlatda bojxona xizmati va zarbxona tashkil etgan?
A) Abdullaxon II B) Amir Shohmurod
C) Umarxon D) Muhammad Raximxon I
6. O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolardan qaysi birining davrida muntazam tartibda xizmat qiladigan har bir otliq askarga davlat tomonidan bahosi 80 tillagacha turadigan ot va egar-jabduq berilgan?
A) Shayboniylar B) Qo’hg’irotlar C) Mang’itlar D) Minglar
7. Quyidagi qaysi davlatda soliq yig’ishning barot deb atalgan shaklidan foydalangan?
1) Buxoro xonligida 2) Xiva xonligida 3) Qo’qon xonligida 4) qoraqalpoqlarda 5) Chig’atoy ulusida
A) 1,5 B) 2,5 C) 3,5 D) 4,5
8. Quyidagi voqealardan qaysi birining sodir bo’lish vaqti Toshkentning jung’orlarga qaramlik davriga to’g’ri keladi?
A) Rossiya elchisi M.Tevkelivni Kichik juz qozoqlari xoni Abulxayrxon huzuriga jo’natdi
B) Xiva xonligida o’zaro ichki kurashlarda ma’lum muddat turkman yovmutlarini qo’li baland kelib hokimiyatni amalda o’z qio’liga oldilar
C) Qo’qon xonligida birinchi marta pul islohoti o’tkazildi
D) Miyonqo’lda Buxoro amirligiga qarshi qo’zg’alon bo’lib o’tdi
9. Xiva xonligida Qorovulbegi nima vazifani bajargan?
A) Otliq qo’shin qumondoni hisoblangan
B) Saroy soqchilar boshlig’I hisoblangan
C) nomuntazam qo’shinning boshqargan
D) chegara qo’shini qumondoni hisoblangan
10. Xiva xonligida qaysi mansab amir, “sohibi devoni a’lo” sifatlari bilan ulug’langan?
A) Devonbegi B) Mehtar C) Qo’shbegi D) Inoq
11. Quyidagi qaysi hukmdor o’tkazgan islohotlar ma’lum muddat bo’lsada, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko’chmanchiilar va yarim ko’chmanchilarning o’troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat qildi?
A) Muhammad Rahimxon I B) Amir Shohmurod
C) Abulg’oziy Bahodirxon D) Umarxon
12. Quyidagi qaysi sulola davrida boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatilib, davlat vazifalarini ijro etish to’g’ridan-tog’ri saroydagi u yoki bu lavozimda yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo’lida to’planuvchi tartib joriy etildi?
A) Shayboniylar B) Qo’ng’irotlar
C) Mang’itlar D) Ashtarxoniylar
13. XIX asrning 30-40 yillarida Qo’qon xonligida jami qancha askar bore di?
A) 20 ming B) 30 ming C) 40 ming D) 12 ming
14. Qo’qonning qaysi hukmdori davrida Farg’ona vodiysiga jung’orlar bostirib kirgan?
A) Abdurahimbiy B) Abdukarimbiy
C) Erdonabiy D) Norbutabiy
15. Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan so’ng yuzaga kelgan qo’shhokimiyatchilik sharoitida mamlakat bir qancha mustaqil qismlarga bo’linib ketgan edi. Quyida ushbu mustaqil hududlarni ularni boshqargan shaxslar bilan muvofiqlashtirib berilgan javobni toping.

1

Pirmuhammad I

a

Karman ava Miyonqol

2

Navruz Ahmadxon

b

Balx va Badaxshon

3

Iskandarxon

c

Toshkent va Turkiston

A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c
C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a
16. Qaysi ashtarxoniy hukmdor davrida yirik yer egalari va jo’ybar shayxlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida, ularni soliq to’lamaslik imtiyozidan mahrum qiladi?
A) Abdulazizxon B) Ubaydullaxon II
C) Abulfayzxon D) Subxonqullixon
17. Quyidagi voqealardan qaysi biri Nug’ay xonligi parchalangach, qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ko’chib kelib, Kichik juz xonligi tarkibiga kirgan yili sodir bo’lgan?
A) Navruz Ahmadxon vafot etdi
B) Abdullaxon II yordamida Shayboniy Ko’chimxon Sibir xonligi taxtiga o’tirdi
C) Hozirgi Urganch shahriga asos solindi
D) Ibrohimbiy Kenagas Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o’tqazdi.
18. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida o’ng va chap qanotlarni qo’riqlovchi maxsus qism nima deb ataladi?
A) Chanoh B) Manglay qorovul
C) Katta va kichik g’ullar D) Hirovul
19. Shaybonilar davrida Buxoro xonligida quyidagi yer turlaridan qaysi biri shaxsan xonning o’ziga tegishli yerlar bo’lib, undan tushadigan daromad xonning xarajatlariga hamda vaqflarga xayr ehson uchun sarflangan?
A) Mulki sultoniy B) Mulki xos
C) Mulki xolis D) mamlakai sulton
20. Buxoro xonligida aholidan olinadigan soliqlarning ta’riflari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

1

Ixrojot

a

Harbiy soliq

2

Zakot

b

Hukmdor uchun yig’iladigan maxsus soliq

3

Zobitona

c

Aholi mol-mulkidan olinadigan soliq

4

Madadi Lashkar

d

Davlat muassasalari, qo’shin va xon xonodoni xarajatlarini qoplash uchun yig’iladigan soliq

A) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b B) 1-b, 2-c, 3-d,4-a
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
21. Buxoro amirligida ma’muriy hududiy birliklarga sug’oriladigan yer asos qilib olingan bo’lib, quyida berilganlardan ma’muriy hududdiy birliklarning ularga berilgan ta’riflar bilan moslashtirib berilgan javobni toping.

1

Tuman

a

300 tanob va undan kam yeri bo’lgan hudud

2

Hazora

b

400 tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq

3

Nim hazora

c

10-15 ming tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq

4

Obikori

d

25 ming tanob sug’oriladigan yer

5

Qoriya

e

Bitta kata ariq bilan sug’oriladigan ellik ming tanob yer

6

Marza

f

Bir necha ariq va kanal orqali sug’oriladigan yuz ming tanob yer

A) 1-f,2-e,3-d,4-c,5-b,6-a B) 1-a,2-b,3-c,4-d,5-e,6-f
C) 1-d,2-f,3-a,4-c,5-b,6-e D) 1-f,2-c,3-a,4-d,5-b,6-e
22. Quyidagilardan Buxoro amirligida muxtasib (rais) lavozimidagi amaldorning vakolatiga kiradigan vazifalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) bozorda qalloblik, sifatsiz mahsulotlar sotilishiga yo’lqo’ymaslik
2) og’irlik va uzunlik ulchovlarning to’g’riligini nazorat qilish
3) aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari ustidan bevosita nazorat olib boorish
4) malakatda adolat mezonlariga amal qilinishini nazorat qilish
5) Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga qarshi choralar ko’rish
6) Sudxo’rlikka qarshi choralar ko’rish
7) Masjidlarga borib, namoz o’quvchilar ro’yxatini tekshirish
8) boquvchisining yuqotganning, beva-bechoralarning haq-huquqlarini nechog’lik himoya qilinayotganlik ustidan nazorat olib borish
A) 1,2,3,5,6,7 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 1,3,5,7
23. Buxoro amirligida to’plar … shahridagi ustaxonada quyilgan bo’lsa, porox …. shahrida tayyorlangan.
A) Buxoro / Shahrisabz B) Samarqand / Qarshi
C) Qarshi / Kitob D) Buxoro / Qarshi
24. Amir Haydar davrida ta’lim sohasida islohot o’tkazilib, islohotni amalga oshirish uchun butun amirlik uchun mas’ul etib tayinlangan Sayyid Ahmad Xo’ja Fayziy qaysi shaharning begi hisoblangan?
A) Buxoro B) Samarqand C) Qarshi D) Kitob
25. Amir Haydar yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga qanday talablarni qo’ygan?
1) Ural daryosining Osiyo qit’asidan o’tadigan qismidan amirlik savdogarlariga haq to’lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish
2) Buxoro tavarlaridan olinadigan boj tulovlarini kamaytirish
3) Buxoroga po’lat sotish
4) tog’-kon ishlari olib boorish uchun mutaxassislar yuborish
5) savdo karvonlari talanishiga yo’l qo’ymaslik
6) amirlikka zambarak qurollarini sotish
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,3 D) 4,5,6
26. Xiva xonligida tilla tangalar zarb etish yo’lga qo’yilgan vaqtda Qo’qon xonligi taxtida kim bo’lgan?
A) Norbvutabiy B) Olimxon
C) Umarxon D) Muhammad Alixon
27. Xiva xonligida qaysi lavozim egasi o’troq aholi vakillari orasidan (1), qaysi lavozim egasi kuchmanchi qabilalar vakillari orasidan (2) saylangan?
A) Qushbegi (1), Mehatar (2) B) Mehtar (1), Yasovulboshi (2)
C) Mehatr (1), Qushbegi (2) D) Devonbegi (1), Inoq (2)
28. Quyidagilardan Ogahiyning tarixiy asarlari va ularda yoritib berilgan Xorazm tarixining davri to’g’ri muvofiqlashtirib berilgan javobni ko’rsating.

1

“Davlatning jannat bog’i” (“Riyoz ud-davla”)

a

1843-1846 yy

2

“Tarixlar sarasi” (“Zubdat ut-tavorix”)

b

1846-1855 yy

3

“Sulton voqealarning majmuasi” (“Jome ul-voqeati sultoniy”)

c

1825-1842 yy

A) 1-a, 2-b,3-c B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c
29. Xiva xonligida madrasa ta’limida diniy ilmlar bilan birga quyidagi qaysi fanlar o’qitilgan?
1) arab tili grammatikasi 2) tibbiyot 3) mantiq 4) nutq madaniyati 5) matematika 6) astranomiya 7) tarix 8) geografiya
A) 1,3,4,5,7,8 B) 1,2,3,4,5,6,7,8
C) 1,2,4,6,7,8 D) 2,3,4,5,6,7,8
30. Quyidagi Rossiya tomonidan yuborilgan elchilardan qaysi biri Buxoro xoniga Xivaga qarshi ittifoq tuzishni taklif etishi lozim edi?
A) Florio Benevini B) Nikita Muravyov
C) Ivan Xoxlov D) Danilevskiy

8-SINF JAHON TARIXI JAVOBLARI




Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin