6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 1-5 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə64/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
6-10-KALITLAR

10-sinf O’zbekiston tarixi 1-5 mavzular
1. “Tarix millatning o’tmishi taraqqiyoti hamda tanazzuli sabablarini o’rganaturg’on ilmdir” ushbu so’zlar muallifini aniqlang?
A) A.Fitrat B) M.Behbudiy C) M.Qori D) Q.Niyoziy
2. Rossiyada Muvaqqat hukumatga Gregoriy Lvov kelgandavrni aniqlang?
A) 1917-yilning iyun-oktyabr B) 1917-yilning mart-iyul
C) 1917-yilning iyun-avgust D) 1918-yilning iyun-avgust
3. Turkiston o’lkasini boshqarish uchun Komitet qachon tuzildi va uning tarkibi necha kishidan iborat edi?
A)1917-yil 7-aprelda / 9-kishi B) 1918-yil 7-aprelda / 8-kishi
C) 1917-yil 17-aprelda / 9-kishi D) 1919-yil 27-aprelda / 9-kishi
4. 1917-yil o’lkasini idora qilish uchun tuzilgan Turkiston kametitiga raislik qilgan shaxslarni qaysi partiya a’zosi ekanligi bilan to’g’ri moslashtirib berilgan javobni toping.
1) Nikolay Shchepkin 2) Vladimir Nakivkin
a) bolshevik b) menshivik c) maksimalist d) so’l eserlar e) kadet
A) 1-a, 2-c B) 1-c, 2-d C) 1-e, 2-d D) 1-d, 2-e
5. “Sho’royi islomiya” tashkilotiga dastavval kim raislik qilgan?
A) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev B) Abdulvohidqori Abduraufqori o’g’li
C) Mustafo Cho’qay D) Zaki Validiy
6. Rossiya hududida grigoryan kalendari qachon joriy qilish to’g’risida Xalq komissarlare soveti raisining maxsus dekreti qachon qabul qilingan?
A) 1918-yil 26-yanvarda B) 1918-yil 26-noyabrda
C) 1918-yil 19-fevralda D) 1918-yil 13-martda
7. Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga 1917-iyul-oktabr oylarida boshchilik qilgan shaxsni aniqlang?
A) Georgiy Lvov B) Aleksandr Kerenskiy
C) A.N.Kuropatkin D) Nikolay Shchepkin
8. Turkiston o’lka musulmonlari kengashi qachon tashkil topganligini aniqlang?
A) 1917-yil aprelda B) 1918-yil mart oyida
C) 1919-yil iyunda D) 1918-yil dekabrda
9. Turkiston o’lka musulmonlari kengashida quyidagilardan kotib vazifasini bajarganlarni aniqlang?
A) Mustafo Cho’qay, Zaki Validiy B) Munavvar Qori, Zaki Validiy
C) Behbudiy, Munavvar Qori D) A,Fitrat, Munavvar Qori
10. Nikolay II o’z ixtiyori bilan taxtdan voz kechganda O’zbekiston tarixida qanday voqea bo’lib o’tdi?
A) Turkiston kometiti tashkil etildi
B) Shuroyi Islomiya tashkil topdi
C) Shuroyi Ulamo tashkil topdi
D) Toshkent soveti tashkil topdi
11. “Sho’royi Islomiya” tarkibidan ulomochilar ajralib chiqib qaysi shaharlarda “Sho’royi ulamo” deb nomlangan jamiyatga asos solishadi?
A) Toshkent va Qo’qonda B) Farg’ona va Andijonda
C) Namangan va Buxorida D) Samarqand va Buxoroda
12. Quyidagi shaharlardan “Sho’royi ulamo” tashkilotining sho’basi faoliyat olib borgan shahar nomi xato ko’rsatilgan javobni toping.
A) Toshkent B) Namangan C) Andijon D) Samarqand
13. “Sho’royi ulamo” jamiyatining dasturi va nizomida quyidagi qaysi jumlalar keltirilgan?
1. Ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlarga qatiy rioya qilish
2. Milliy qadriyatlarga qatiy rioya qilish
3. Milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat etilgan
4. Madrasalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash aytilgan
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4
14. “Sho’royi ulamo” va “Sho’royi Islomiya” tashkilotlari qachon tugatilgan?
A) 1918-yil aprel oyida B) 1918-yil may oyida
C) 1918-yil iyul oyida D) 1918-yilning sentyabrida
15. Rossiyada quyidagi partiyalardan qaysi biri 1905 yilda tashkil topgan?
A) Eserlar B) Kadetlar C) Bolsheviklar D) Maksimalistlar
16. Quyidagi qaysi guruh sovetlar ichida dehqonlar manfaati himoya qilgan?
A) Kadetlar B) Bolsheviklar C) Eserlar D) Maksimalistlar
17. 24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, … garnizonining soldatlari va … flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi?
A) Petrograd, Boltiq B) Moskva, Qora dengiz
C) Petrograd, Qora dengiz D) Moskva, Kaspiy
18. Turkistonning Skobelov va Samarqand viloyatlarida sovetlar hokimiyati qachon o’rnatilgan?
A) 1917-yil oktyabr B) 1917-yil noyabr
C) 1917-yil dekabr D) 1918-yil yanvar
19. Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti harbiy komissar lavozimiga kim saylanadi?
A) Kuropatkin B) Korovichenko
C) Kolesov D) Perfilev
20. Turkistonda bolsheviklar hukumati kimlarga tayangan holda o’z diktaturasini o’rnatadi?
A) Yevropalik ishchilar, qizil gvardiyachilar va boshqa harbiy qismlar
B) Harbiy qism garnizoni, so’l eserlar, kadetlar
C) Qizil gvardiyachilar, eserlar, kadetlar
D) Harbiy qurol ustunligi va harbiy qismlarning uyushganligi bilan
21. 1917-yilning 12-15-noyabrda Toshkentda “Turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi”da qaysi viloyatdan kelgan vakillar qatnashdi?
A) Toshkent va Sirdaryo B) Sirdaryo va Farg’ona
C) Toshkent va Farg’ona D) Sirdaryo va Samarqand
22. Quyidagi qaysi javobda xatolikka yo’l qo’yilgan
A) 1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta’siridagi Sovetlar qo‘liga o‘tishi uchun obyektiv shart-sharoit yo‘q edi, bolsheviklarning omma o‘rtasida ta’siri ham oz bo‘lgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi.
B) Turkiston ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining III o‘lka syezdida so‘l eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat sovet hukumati – Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti tuzildi.
C) Fyodor Kolesov kasbi chizmachi, Ye.Perlev izvoshchi bo’lgan
D) Toshkent shahrida “Sho‘roi Islomiya” tashkilotining tashabbusi bilan “turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” o‘tkazilgan
23. Turkiston Muxtoriyati hukumatida bosh vazir sifatida turli davrlarda faoliyat ko’rsatgan shaxslar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Muhammadjon Tinishboyev 2) Islom Sulton Shoahmedov 3) Mustafo Cho’qay 4) Ubaydulla Xo’jayev 5) Kichik Ergash 6) Katta Ergash
A) 1,3,6 B) 1,3,5 C) 1,3,4 D) 1,2,3
24. Quyidagilarni mutaxasisligi bilan moslashtiring?
1) M.Tinishboyev 2) Abdurahmon O’razayev 3) Hidoyatbek Yurug’li Agayev 4) Obidjon Mahmudov
a) Tog’-kon sanoati mutaxasisi b) agranom c) huquqshunos d) temiryo’l muhandisi
A) 1-b,2-a,3-c,4-d B) 1-d,2-c,3-b,4-a
C) 1-a,2-c,3-b,4-d D) 1-a,2-b,3-c,4-d
25. Nashr ishlarini yaxshilash uchun kimning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o‘tdi?
A) M. Buhbudiy B) A. Fitrat
C) O. Mahmudov D) Ahmad Zakiy Validiy
26. Turkiston Muxtoriyati hukumati aholini ocharchilik changalidan qutqarish uchun qayerdan mamlakatga g’alla olib kelish ishlarida amaliy qadamlar tashladi?
A) Qozog’istondan Orenburg orqali
B) Sibirdan Kavkaz orqali
C) Kavkazdan Orenburg orqali
D) Erondan Turkmaniston orqali
27. Qachon Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda bo‘lib o‘tgan IV syezdida Turkiston Muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror qilishdi?
A) 1918-yil 19-26-yanvar B) 1918-yil 20-25-yanvar
C) 1918-yil 13-19-yanvar D) 1918-yil 11-15-fevral
28. “Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston sovet respublikasi haqidagi nizomi” qachon qabul qilingan?
A) 1918-yil 30-may B) 1918-yil 1-may
C) 1918-yil-30-aprel D) 1918-yil 25-may
29. O’z saflarida milliy kommunistlar va ayrim jadidlarni birlashtirib, sovet rejimining mustamlakachilik siyosatini tanqid qilgan tashkilotni aniqlang?
A) “Sho’roi Ulamo” B) “Sho’roi Islomiya”
C) “Musulmonlar byurosi” D) “Turkiston kommunistik partiyasi”
30. 1920-yil yanvarda Turkiston ASSR MIK raisi, o‘lka Musulmonlar byurosi raisi T. Risqulov qanday talablar bilan chiqqan edi?
1. Turkiston Sovet Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni Turk Respublikasi
deb atash
2. Yagona kommunistik partiya – Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasini (qisqacha Turk partiyasi) tuzish
3. Turkiston ASSR Konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish,
4. Musulmonlarning alohida armiyasini tuzish va qizil armiyaning musulmon bo‘lmagan barcha qismlarini Turkiston hududidan olib chiqib ketish
5. Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti (Turkfront)ni tugatish
6. Mahalliy kommunistlardan boshqarub ishlariga ko’proq jalb etish
A) 1,2,3,6 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5,6
31. 1918-yil 20-noyabrda Turkiston ASSRda kimning raisligida ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi tuzilgan ?
A) T. Risqulov B) Madaminbek
C) F.Xo’jayev D) Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev
32. 1917-1923-yillarda qayerda yuz bergan ocharchilik natijasida 1 mln kishi(1), va 200 000 (2) kishi o‘lib ketgan?
A) 1-Sirdaryo va 2-Toshkent
B) 1-Farg‘ona vodiysida va 2-Samarqandda
C) 1-Buxoro va 2-Samarqandda
D) 1-Farg’ona va 2-Toshkentda
33. Nechanchi yillarda Turkistondan Rossiyaga 4,4 mln pud g‘alla jo‘natilgan?
A) 1921-1922-yillarda B) 1922-1923-yillarda
C) 1924-1925-yillarda D) 1920-1922-yillarda
34. Yer-suv islohotini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish 1921-yil bahorida boshlanib, u dastlab qaysi viloyattlarda amalga oshirildi?
1) Yettisuv 2) Sirdaryo 3) Farg‘ona 4) Samarqand 5) Buxoro 6) Toshkent
A) 1,2,3 B) 2,3,4,5 C) 1,2,5,6 D) 1,2,3,4
35. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Yer-suv islohotining birinchi bosqichida yer tuzish jamg‘armasiga 1722626 desyatina yer qo‘shildi
B) Sovet hokimiyati tomonidan resurslardan mahalliy aholiga faqat 600000 desyatina yer ekin ekish va yaylovlar uchun ajratildi
C) Pud – 17,38 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi
D) Desyatina – (ruscha desyat – o‘n) metrik sistema qabul etilgunga qadar Rossiyada qo‘llangan, 1,09 gektarga teng yer maydoni o‘lchovi
36. Quyidagi qo’rboshilarning yashagan yillari bilan moslashtiring?
1) 1885 – 1918-yillar 2) 1882–1921-yillar 3) 1892–1920-yy
a) Madaminbek b) Kichik Ergash c) Katta Ergash
A) 1-b, 2-c, 3-a. B) 1-a, 2-b, 3-c.
C) 1-a, 2-c, 3-b. D) 1-c, 2-b, 3-a.
37. Bolshevik maddohlardan birining e’tirolashicha qo‘rboshilar o‘rtasida qaysi biri “eng xavflisi” edi?
A) Shermuhammadbek B) Madaminbek
C) Katta Ergash D) Kichik Ergash
38. Quyidagilardan qaysi birlari Farg’ona vodiysida qo’rboshilik harakatiga rahbarlik qilgan shaxslar xato berilgan toping?
A) Ochilbek, Bahrombek
B) Katta va Kichik Ergashlar
C) Madaminbek va Shermuhammadbek
D) Islom Polvon, Rahmonqul
39. Vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o‘z siyosiy boshqaruv usulini joriy qilgan qo’rboshi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Shermuhammadbek B) Madaminbek
C) Katta Ergash D) Kichik Ergash
40. Qachon Farg‘ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o‘rnatildi
A) 1921-yil oktyabrda B) 1921-yil noyabrda
C) 1921-yil sentyabrda D) 1922-yil oktyabrda




Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin