6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 11-15 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə66/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
6-10-KALITLAR

10-sinf O’zbekiston tarixi 11-15 mavzular
1. Quyidadi hujjatlardan qaysi biri O’zbekiston SSR Kompartiyasining II syezdida tasdiqlangan?
A) “Agrar inqilob”ning strategiyasi va taktikasi
B) “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to’g’risida”gi dekrit
C) “Yer-suv islohoti to’g’risida”gi dekret
D) “Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to’g’risida” qaror
2. “Yer-suv islohoti to’g’risida”gi dekretga ko’ra O’zbekiston SSR da yer-suv islohoti o’tkazilgan hududlarning ular amalga oshirilgan yillar bilan moslab berilgan javobni toping.
1) Zarafshon viloyati (Buxoro va O’rta Zarafshon okruglari)
2) Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari
3) Farg’ona, Toshkent, Samarqand viloyatlari
a)1925-1926 yy b) 1926-1927 yy c) 1927-1928 yy
d) 1928-1929 yy e) 1927 y f) 1926 y
A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-e, 2-d, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-d D) 1-f, 2-c, 3-b
3. O’zbekiston SSRda 1925-1929 yillarda yer-suv islohoti davrida amalga oshirilgan ishlardan to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) Barcha viloyatlarda 5000 ga yaqin o’ziga to’q xo’jaliklar tugatildi
B) 23000 dan ortiq boy xo’jaliklardan ortiqxha yerlari tortib olindi
C) Har bir boy va o’ziga to’q xojaliklar uchun 7-10 desyatinagacha bo’lgan yer uning o’zida qoldirilishi mumkin edi.
D) 40-50 desyatina va undan ortiq yeribor xo’jaliklar boy xo’jaliklar hisoblanib, keyinchalik ular “quloqlar” deb nomlangan
4. Quyidagilardan sovet jamiyatida bozor munosabarlari barham toptirilgan (1) va O’zbekistonda yakka dehqon xo’jaliklariga butkul barham berilgan (2) yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 1928 (1), 1932 (2) C) 1929 (1), 1939 (2)
B) 1927 (1), 1933 (2) D) 1929 (1), 1937 (2)
5. Quyidagi voqealardan qaysi biri mustabid sovet rejimi badavlat va o’rta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosatini olib borilgan yillarda bo’lib o’tmagan?
A) O’zbekistonda qishloq xo’jaligini kollektevlashtirish rasman tugadi
B) O’zbekistonda yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi
C) O’zbekiston SSR kompartiyasining III syezdi bo’lib o’tdi
D) O’zbekiston SSR Markaziy Ijroya Qo’mitasi Prezidiumining O’zbekiston ilmiy tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi O’zbekiston SSR Fanlar Kometeti tuzildi.
6. Quyidalardan tarixiy haqiqatga muvofiq keladigan javobni toping.
A) 1927 yilda tuman ijroya qo’mitalari a’zolarining 17%, okrug ijroya qo’mitalari a’zolarining 20% ayollar edi
B) 1926 yili O’zbekistonda 26 ta yirik ayollar arteli bo’lib, ularda 814 nafar mahalliy xotin-qizlar mehnat qilardi
C) 1937 yilda 2500 nafar xotin-qizlar majburan traktorchilik kursida o’qishga jalb qilindi
D) 1925 yil 3 mayda Bobon Mavlonbekov raisligida “Davlat aparati va sanoatni O’zbeklashtirish Markaziy komissiyasi” tuzilgan
7. Quyidagilardan qaysi biri O’zvbekistonda davlat apparatini O’zbeklashtirish Markaziy komissiyasi faoliyati to’xtatilgan yilda bo’lib o’tgan.
A) Otajon Hoshimov O’zbekiston SSR Fanlar Kometetining raisi etib saylandi
B) O’zbekiston SSRda quloq xo’jaliklarni tugatish kompaniyasi avj oldi
C) O’zbekistondan surgun qilingan quloq xo’jaliklar soni 5500 taga yetdi
D) O’zbekistonda 3828 ta quloq xo’jaliklari tugatildi, 3871 ta xo’jalik “quloq oilasi” sifatida Ukraina, Sibr, Shimoliy Kavkazga surgun qilindi
8. Jahon Obidova quyidagi lavozimlarning qaysi birida faoliyat olib brogan?
A) O’zbekiston SSR Markaziy Ijroya Qo’mitasi prezidiumi raisasi
B) O’zbekiston SSR Markaziy Ijroya Qo’mitasi prezidiumi raisi o’rinbosari
C) O’zbekiston SSR Markaziy Ijroya Qo’mitasi prezidiumi a’zosi
D) O’zbekiston SSR Oliy Sovet prezidiumi raisi o’rinbosari
9. 1940 yilda O’zbekistonda nechta oliy o’quv yurti (1) va nechta o’rta maxsus o’quv yurti (2) faoliyat ko’rsatgan?
A) 30 ta (1), 100 ga yaqin (2) C) 30 ta (1), 100 dan ortiq (2)
B) 31 ta (1), 50 ga yaqin (2) D) 33 ta (1), 200 ga yaqin (2)
10. XX asr 30 yillarida respublika maktablarida o’qitish nechta tilda olib borilgan?
A) 10 ta B) 13 ta C) 15 ta D) 18 ta
11. 1937 yilda savodsizlikni tugatish maktablari soni nechtaga yetdi?
A) 328 ta B) 413 ta C) 105 ta D) 537 ta
12. Quyidagilardan “Narkompros” ishi bilan ayblanib qatog’on qilingan shaxs ismi xato ko’rsatilgan javobni toping.
A) Ashurali Zohiriy B) Mahmud Xodiyev
C) Bois Qoriyev D) Nodir Saidov
13. Sovet mustabid tuzumi tomonidan “qosimovchilik”da ayblanib otib o’ldirishga hukm qilingan shaxs ismi xato berilgan javobni toping.
A) B.Sharipov B) N.Alimov C) Spriddinov D) S.Aliyev
14. O’zbekistonda siyosiy qatog’onchilik avjiga chiqqan davr to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 1932 yil yozi va kuzi C) 1931-1933 yy
B) 1937 yil yozi D) 1937 yil kuzi
15. Sovet mustabid tuzumi tomonidan O’zbek dviziyasini milliylashtirish va bu dviziya yordamida O’zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblangan shaxs kim?
A) Mannon Ziyayev C) Mirkomil Mirsharapov
B) Ashurali Zohiriy D) Mirmahmud Mirsaidov
16. 1937-1938 yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi, shoir va olimlardan …… nafari qamoqqa olinib, ….. nafari otib tashlangan.
A) 6920/5758 B) 5758/4811 C) 6768/5811 D) 5857/4722
17. Sovet hokimiyati davrida Vatan ozodlik yo’lidagi faoliyati uchun qatog’on etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlarni yillari bilan to’g’ri moslab ko’rsatilgan javobni toping.
1) “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi
2) “Qatog’on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi
3) 31-avgust – mustaqillik e’lon qilingan kun qatog’on qurbonlari xotirasini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi
a) 2002 yil 31 avgust b) 2000 yil 12 may c) 2001 yil
d) 2000 yil 31 avgust e) 2002 yil 12 may
A) 1-e, 2-d, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a
B) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c
18. Quyidagilardan shaxslarning ularning asl ismlari bilan to’g’ri moslab ko’rsatilgan javobni toping.
A) Botu – Mahmud Xodiyev C) Oltoy – Nodir Saidov
B) Mannon Ramziy – Mannon Ziyayev D) Mannon Ramziy – Mannon Qoreyev
19. Quyidagi shaxslardan qaysi biri avval otishga hukm qilinib, so’ngra o’lim hukmi 10 yil qamoq jazosi bilnan almashtirilgan?
A) Sh.Badriddinov C) S.Qosimov
B) Ashurali Zohiriy D) Mirmahmud Mirsaidov
20. Quyidagilardan qaysi biri O’zbekiston SSR da lotin yozuvi amal qilib turgan davrda sodir bo’lmagan?
A) Toshkentda davlat konservatoriyasi ochildi
B) O’zbekiston SSR sovetlarining Toshkentda bo’lib o’tgan V qurultoyi O’zSSR XKS ga 8-15 yoshgacha bo’lgan hamma bollalarni majburiy yeti yillik ta’limga tortish taklifi bilan chiqdi
C) Samarqandda o’tkazilgan O’zbekiston kompartiyasining IV syezdidan keyin jazo mexanizmi ishga tushurildi
D) O’zbekiston SSR fanlar kometteti SSSR Fanlar akademiyasining O’zbekiston SSR filialiga aylantirildi
21. O’zbekiston SSR Fanlar komiteti tuzilgandan necha yil o’tib SSSR Fanlar akademiyasining O’zbekiston SSR filialiga aylantirilgan?
A) 6 yil B) 7 yil C) 8 yil D) 9 yil
22. O’zbekistonda xalq maorifi ehtiyojlari uchun birinchi besh yillikda …. rubl mablag’ ajrtilgan bo’lsa, ikkinchi besh yillikda …. rubl mablag’ sarflandi.
A) 395,5 mln / 1,16 mlrd C) 385,5 mln / 1,36 mlrd
B) 375,5 mln / 1,26 mlrd D) 365,5 mln / 1,46 mlrd
23. “Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi”ning bo’limlari ochilgan viloyat nomi xato berilgan javobni toping.
A) Samarqand B) Zarafshon C) Toshkent D) Xorazm
24. 1931 yilda quloq posyolkalaridan biri tuzilgan Bauman tumani hozirgi qaysi tuman ga to’g’ri keladi?
A) G’ijduvon B) Vobkent C) Shofirkon D) Karmana
25. 1942 yilda SSSR hududida mehnat surgunida bo’lgan necha nafar o’zbekistonlik “quloqlar” harakatdagi armiya safiga chaqirilib, frontga jo’natilgan?
A) 1152 nafar B) 1162 nafar C) 1172 nafar D) 1182 nafar
26. Yer-suv islohoti 2-bosqichi birinchisidan farqli o’laroq o‘z oldiga qanday masalani qo‘yadi?
A)Boy-quloq xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchi aholini o‘troq holatga o‘tkazish
B)Katta yer egaligini tugatib, yerlarni yersiz va kam yerli dehqonlar, batraklar, chorikorlar o‘rtasida mehnat normalari bo‘yicha taqsimlash
C)Katta yer egaligini butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish
D)Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatining ayrim sarqitlarini tugatish
27. O‘zbekiston SSR MIK ning “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida” va “yer-suv islohoti to‘g‘risida” gi dekretlari qachon chiqadi?
A) 1925-yil noyabr B) 1930-yil 17-fevral
C) 1930-yil 26-yanvar D) 1925-yil 2-dekabr
28. Quyidagi voqealarni bo‘lgan vaqti bilan to‘g‘ri joylashtilirgan javobni toping ?
1)1930-yil 17-fevral, 2)1932-yil, 3)1939-yil, 4)1931
a)qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman tugallandi b)Kompartiya Markaziy Komiteti “Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, c) yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi, d)yakka dehqon xo‘jaliklariga butkul barham berildi,
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
29. Markaz tomonidan 1930-yilda O‘zbekistonda yalpi kollektivlashtiriladigan nechta tuman belgilab beriladi?
A) 15 ta B) 17 ta C)19 ta D)23 ta
30. “G‘alla tayyorlash urush degan gap. G‘alla tayyorlovchilar otishi, qamashi va boshqa ishlar qilishi mumkin.Ular hukmbardorlik qiladi” – deya ta’riflagan Shahrisabz g‘alla tayyorlash vakili kim edi?
A)Kirpanov B)G‘aniyev C)Jalilov D)Ikromov

Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin