Olmoshning tuzulishiga ko’ra turining qaysi biri har doim qo’shib yoziladi?
J: sodda olmoshlar ( allakim, kimdir)
Olmoshning tuzulishiga ko’ra turining qaysi biri har doim ajratib yoziladi?
J: qo’shma olmoshlar ( mana bu, ana o’sha)
Olmoshning tuzulishiga ko’ra turining qaysi biri har doim chiziqcha bilan yoziladi?
J: juft va takroriy olmoshlar ( u-bu, mana-mana)
Olmoshning tuzulishiga ko’ra turining qaysi biri qolganlariga nisbatan kam iste’mol hisoblanadi?
J: juft olmoshlar ( juft olmoshlarga misollar aytib ko’ring, 5-6 tadan oshira olmaysiz)
Ismlar deb nimaga aytiladi?
J: Egalik,kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan so’zlar ismlar deb ataladi. (ot: kitobi-ism, sifat: yaxshini-ism)
Ismlarga qaysi so’z turkumlari kiradi?
J: 1.ot
2.sifat (katta ni)
3.olmosh (sen ga)
4.son (uchchala si)
5.harakat nomi (o’qishi ni)
6.sifatdosh (qizargan i)
7.taqlid so’z (taq-taq i)
8.undov so’z (oh i)
J: hindlar
Arablar hamda yunonlar kimlarning fikrlaridan kelib chiqib so’zlarni uch turkumga ajratadi?
J: hindlarning
Ismlarning lug’aviy shakllariga qaysi qo’shimchalar kiradi?
J: Ismlarning ma’nosiga emas, balki shakliga ta’sir qiluvchi ko’plik, kichraytirish-erkalash, belgining darajasi, sonning ma’no guruhlarini ifodalovcchi qo’shimchalar va boshqalar kiradi.
Nima sababdan egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo’shimchalari ismlarning munosabat shakllari deyiladi?
J: Chunki egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo’shimchalari ismlarga qo’shilib, ularni boshqa so’zlarga bog’lashga, ya’ni munosabatga kirishuviga hizmat qilganligi uchun ular munosabat shakllari deyiladi.