So’zlovchiga noma’lum bo’lgan shaxs, narsa, belgi-xususiyatlarni so’rash ma’nosini bildiruvchi olmoshlarga … deyiladi.
J: so’roq olmoshlari (Kim kelyapti)
Shaxs- narsa, belgi-xususiyatni bildiruvchi mustaqil so’zlar o’rnida qo’llanilib, uning inkorini bildiruvchi olmoshlarga … deyiladi.
J: bo’lishsizlik olmoshlari ( hech narsa, hech qachon)
Shaxs- narsa, belgi-xususiyatni bildiruvchi mustaqil so’zlar o’rnida qo’llanilib, uning ma’nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlarga … deyiladi.
J: gumon olmoshlari (kimdir, allakim)
Kamina, kaminayi kamtarin, faqir, qulingiz, bandayi ojizingiz kabi so’zlar olmoshning qaysi ma’no turi o’rnida qo’llaniladi.
J: kishilik (Kamina keldi. Men keldim)
Kamina, kaminayi kamtarin, faqir, qulingiz, bandayi ojizingiz kabi so’zlar ega vazifasida kelganda kesim qaysi shaxsda bo’ladi.
J: Ba’zan III shaxs shaklida, ba’zan I shaxs shaklida. ( Kamina keldim. I sh. Qulingiz keldi. III sh)
Manman, o’zboshimcha, o’zbilarmon so’zlari qaysi mustaqil so’z turkumiga mansub?
J: sifat ( manman odam)
Ayrim olmoshlarning qaysi ma’no guruhga oid ekanligini qanday aniqlasak bo’ladi?
J: o’sha olmoshning o’rniga ma’nodoshlarini, ya’ni boshqasini qo’yib ko’ramiz. Masalan, ba’zi ishlar-qandaydir ishlar
Buni kimsa bilmasligi kerak. Ajratilib ko’rsatilgan olmoshlarning ma’no guruhini toping?
J: bo’lishsizlik ( kimsa- hech kim)
Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Ajratilib ko’rsatilgan olmoshlarning ma’no guruhini toping?