3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni so’rash.
Yangi mavzu bayoni Matn ustida ishlash Kitob – xazinalar kaliti Bir kishining uchta o‘g‘li bor ekan. U topgan-tutganlarini ularga taqsimlab bermoqchi bo‘lib, shunday debdi: — Sizlarga bir hovuch tilla, suruvdagi qo‘y-u qo‘zilar va bir
dasta kitob qoldirmoqchiman. Kim nimani tanlaydi? Katta o‘g‘il o‘zini tillaga uribdi. O‘rtanchasi qo‘y-u qo‘zilarni olibdi. Kichik o‘g‘ilga kitoblar qolibdi. Katta o‘g‘il boyligini
ko‘paytirish uchun oltinlarini bir savdogarga beribdi. O‘rtancha aka qo‘y-u qo‘zilarini ko‘paytirishni o‘ylabdi. Akalari „Kitobdan ne foyda?“ – deb ukalarining ustidan
kulishibdi. Kenja o‘g‘il esa hamma kitobni o‘qib chiqibdi. Kattaakalari kundan-kunga boyib ketaverishibdi. shu orada yurtni yov bosibdi. katta aka oltinlarini berishdan bosh tortgan
ekan, darg‘azab bo‘lgan podsho uning oltinlarini tortib olibdi. O‘zini zindonga tashlatibdi. Kichik akasi qo‘y-u qo‘zilari bilan lashkarlarni boqishga majbur bo‘libdi. Kichik o‘g‘il: „Mening shu kitoblardan boshqa boyligim yo‘q!“ – debdi. Podsho uni dorga
osishni buyuribdi. shunda vazir: „Bu bolada bir gap bor“, – debdi-da, o‘rtaga tushib bola bilan savol-javob qilibdi. U barcha savollarga aniq javob beribdi. shunda vazir podshoga:
— Bu ko‘p kitob o‘qigan donishmand bola ekan. Agar uni o‘ldirsangiz, la’natga qolasiz, — debdi. Podsho uni qo‘l ostidagi hududlardan biriga boshliq etib tayinlabdi. Yigit kitoblardan olgan bilimi bilan ish tutib, yurtda adolat o‘rnatibdi.
Lug’at ishi topgan-tutgan — находка o‘tkir zehni — остроумный
adolat — справедливость o‘rnatmoq — установить
darg‘azab bo‘lmoq — разозлиться