Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni so’rash.
Yangi mavzu bayoni Grammatik mavzuni tushuntirishBo‘lishsizlik olmoshlari kelishik qo‘shimchalari bilan
qo‘llanganda ayrim bo‘lishsizlik olmoshlarga avval egalik qo‘shimchalari, so‘ngra kelishik qo‘shimchalari qo‘shilib keladi. Masalan:
hech qaysi hech bir + imiz + -ni, -ning, -ga, -da, -dan hech qayer
Rasmlarni kuzating. Turli fasllarda tabiat vaiqlimda yuz beradigan o‘zgarishlarni tasvirlang.
Matn ustida ishlash Tabiatni kuzating Siz tabiatni, o`simliklar dunyosini kuzatganmisiz? Daraxt yaproqlari qanday paydo bo`lishini, gul butoqlaridan mevalar qanday hosil bo`lishini, gullarning qanday ochilishini bilasizmi? Men gullarni juda sevaman. Uzoq vaqt o`tirib ularni
kuzataman. Namozshomgullarning ochilib-yopilishi, atirgul g`unchalarining sekin-asta kattalashishini ko`rish kishiga zavq bag‘ishlaydi. Gullar o‘zlarini yummaydi, mushaklari charchamaydi, ammo ular ham biz kabi dam oladi. Ular ham
tunda uxlashadi. kun bo`yi quyosh nurlaridan oziq oladi va shu oziq bilan o`sadi. Ular ishlamaydilar va kunni kutib uxlaydilar.