Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni so’rash.
Yangi mavzu bayoni Grammatik mavzuni tushuntirishBo‘lishsizlik olmoshlari so‘roq olmoshlariga hech so‘zini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Masalan: hech kim, hech nima, hech qaysi, hech qancha, hech qanday, hech qayer kabi.
Matn ustida ishlash O‘zbekiston tabiati O‘zbekistonning tabiati juda chiroyli. O‘lkamizda keng sahroyu dashtlar va baland tog‘lar, sersuv daryolar va suvsiz cho‘llar mavjud. Respublika tabiatini uch qismga bo‘lish mumkin. Sharq va janubi-sharqda tog‘lar va tog‘oldi vodiylar. G‘arbiy qismda cho‘llar va yarimcho‘llar. Janubi-g‘arb va shimoli-g‘arbda— tekisliklar bor. Tog‘ oldilarida keng adirlar, tog‘lar oralig‘ida pasttekisliklar — Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va
samarqand pasttekisliklari bor .
Lug’at ishi sersuv — многоводный sahro cho‘l — степь
yarimcho‘l — полустепь tog‘ oldi — пригорье
pasttekislik — низкая равнина tekislik — равнина
Savol-javob o’tkazish 1. О‘zbekiston hududida qanday tog‘lar, cho‘llar va vodiylar bor?
2. Respublikamizda qanday o‘simliklar o‘sadi?
3. Hududimizdan qaysi daryolar oqib o‘tadi?