Ilk buddizm va uning asoslari. Dunyoda keng tarqalgan buddizm dinining kelib chiqishi Gautama nomi bilan bog‘liq. U avvalo oddiy fuqaro sifatida hayot kechirgan bo‘lsa, so‘ng tarki dunyo qilib, asketlar turmush tarzini qabul kiladi. Hayotni kuzatish o‘rganish, va chuqur mushohada qilish oqibatida u Budda, ya’ni «bilimli», «ma’rifatli» nomini oladi. Gautama – Budda o‘z tarafdorlarini to‘rt muqaddas haqiqatni anglashga da’vat etib, unga erishish yo‘llarini bayon qiladi. YA’ni u e’tiqod, to‘g‘ri fikr, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri hatti-harakat, halol yo‘l bilan tirikchilik qilishni tashviq etgan.
Buddizm boshqa diniy-falsafiy ta’limotlar singari shimoli-sharqiy Hindistonga, avvalo Magadxaga yoyildi. Og‘ir kasta cheklashlariga qarshi chiqqan, tug‘ilishidan boshlab insonlar orasida tenglikka chaqirgan bu din yangi ijtimoiy pillapoyaning quyiroq pog‘onasini egallagan savdogar va badavlat vayshiylarga ma’qul bo‘ldi. Buddizm kshatriylar uchun ham mos edi.
Buddaviy jamoa–sangxaga barcha yuqori varna namoyandalari qabul qilinib, bu uning nufuzini yana ham oshirdi. Unga kirmaganlar Budda ta’limotiga ko‘ra, jannat imkonidan mahrum bo‘lardilar. Buddizm asosini Budda tomonidan bayon etilgan to‘rt oliy haqiqat tashkil etadi. Mazkur haqiqatlarda Budda insonlar boshiga tushadigan azoblar sababini ko‘rsatib, inson hayoti azobdan iborat deb, ularni o‘yin – havasga berilmaslikka chaqiradi va azobdan xalos bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatadi
Sangxaga qabul kilinganlar yerdagi tashvish va azob-uqubatlardan ozod bo‘lib, nirvana – oliy maqsadga erishishlari mumkin. Buddizmdagi ahloqiy jihatlarning jiddiy ahamiyati tasodifiy emas. Ma’lumki, ahloqiy omil inson hayotida asosiy o‘rin tutadi. Budda sakkiz tamoyilga chaqiradi: to‘g‘ri fikr, to‘g‘ri hulq, to‘g‘ri harakat, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri tafakkur kabilar. Mazkur tamoyillar insonlarning asosiy ahloq mezon va meyorlarini belgilaydi. Budda e’tiqodiga ko‘ra, dunyodagi barcha mushkulotlar insonning ma’naviy tubanligi, dunyoviy hirslardan voz kecholmasligidan[9].
Sidxartxa Gautama Budda nomi bilan tanildi. Aslida u qudratli Shakya qabilasi boshlig‘ining o‘g‘li bo‘lib, dunyo lazzatlaridan voz kechib, darveshlarcha hayot kechirgan. Budda miloddan avvalgi 563 yilda tug‘ilib, 483 yilda vafot etdi.
Mauriylar imperiyasining so‘nggi davrini o‘rganishda Ashoka haqida buddaviy rivoyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa Ashokaning umri oxirida hokimiyatdan chetlashtirilishiga oid ma’lumot ko‘p asarlarda saqlangan. Ashoka bu vaqtga kelib xazinani sovura boshlagan. Manbalarda ta’kidlanishicha, Ashoka umrining oxirida Budda ta’limotini yanada kengroq yoyish maqsadida buddaviy rohiblariga ko‘plab sovg‘a-salomlar jo‘natgan. Buning natijasida davlat xazinasi ancha bo‘shab qolgan. Podsho ayonlari taxt vorisi uning nevarasi Sampadi imperatorning haddan tashqari katta hayr – ehsonlar qilayotganini yetkazaganlar va bu holga chek qo‘yishni talab qilaganlar. Sampadi buyrug‘iga ko‘ra, Ashoka farmonlarini bajarmay qo‘yishadilar. Davlatni boshqarish huquqi Sampadiga o‘tib, Ashoka o‘z g‘oyalarini oxirigacha amalga oshira olmaydi.
Manbalarga qaraganda, Ashokaning buddaviylarga yon bosishi braxman va jaynlar noroziligini kuchaytiradi. Jaynizm tarafdori bo‘lgan Sampadi esa yirik amaldorlar tarafidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu vaqtda mamlakatda og‘ir moliyaviy vaziyat vujudga keladi. Qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib, buddizmga qarshi bo‘lgan imperatorning rafiqasi malika Tsharakshita ham shoh dushmanlariga qo‘shiladi. Budda rivoyatlariga ko‘ra, u xasta imperatordan taxtdan voz kechishini talab qiladi.
Manbalarda Taksila qo‘zg‘aloni haqida aytishlaricha, markazning ulkan davlatni boshqarishga qurbi yetmay qoladi va oqibatda viloyatlar mustaqillik talab qilib, bosh ko‘taradi. Ashoka vorislari imperiya butunligini saqlab qololmaydilar. Imperiya sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketdi. Ashoka o‘rniga Sampadi yoki Dxarashtra («xudolar mehriga loyiq») taxtga o‘tiradi. Shunday so‘ng Magadxa taxtida xukmdorlar tez-tez almashinib turdi. Mauriylar sulolasining so‘nggi vakili Brixadratxa miloddan avvalgi 180 yilda bosh qo‘mondon Pushyamitra tomonidan tayyorlangan fitna natijasida o‘ldirildi. Hokimiyat Shungalar sulosasiga o‘tdi.
Purana manbalari ma’lumot berishicha, Mauriylar Magadxa taxtida 137 yil hukmronlik qilganlar. Bu vaqtda qadimiy hind jamiyatida o‘ziga xos iz qoldirgan ulkan ijtimoiy-siyosiy voqea va o‘zgarishlar yuz berdi. Birlashgan hind davlatining vujudga kelishi, xalqlarning o‘zaro munosabatlari rivojlanib, urf-odatlarning bir-biriga ta’siri oshdi, chet mamlakatlar bilan aloqalar kuchayib bordi. Uning madaniyati janubiy-sharqiy Osiyo, shu jumladan, Shri-Lankaga ham yetib bordi. Ulkan kuchga ega bo‘lishlariga qaramay, Mauriylar o‘z davlatlarini saqlab qololmadilar.
Qadimgi yirik imperiyalardan biri – Mauriylar davlatining parchalanib ketishining qator ichki sabablari mavjud. Hududiy jihatdan ulkan bu davlat o‘z ichiga ijtimoiy va iqtisodiy jikatdanturlicha taraqqiy etgan viloyatlarni olgan bo‘lib, ular kuch va zo‘ravonlik bilan birlashtirilib, faqat siyosiy jihatdan yagona davlat bo‘lib tarkib topgan edilar xolos. Zabt etilgan o‘lkalar o‘z urf-odatlari, udumlari asosida yashayverdilar. Markaziy hokimiyat yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv tizimi, kuchli qo‘shin va dxarma qonunlariga tayanib idora qilinar, markazning kuchsizlanishi esa mustakkam bo‘lmagan birlikni buzilishiga olib keldi.
Ashokaning kuchli vorislari bo‘lmagan. U va uning faoliyati haqidagi rivoyatlar avloddan-avlodga o‘tib bordi. Bugungi kunda Hindiston davlat bayrog‘ida Ashoka ustunlarining birida tasvirlangan Chakra – g‘ildirak timsoli baxt, ulug‘vorlik va abadiy hayot ma’nosini aks ettirib turibdi. Sarnatx ustunidagi tasvir esa bugunda gerb sifatida qabul kilingan. So‘nggi buddaviy manbalarda Pushyamitra buddaviylikka qarshi siyosat olib borgan deb aytilgan. Qadimgi qo‘lyozmalarda uning brahmanlik tarafdori ekanligi haqida ma’lumotlar bor. U taxtga o‘tirish chog‘ida vedalar davrida keng tarqalgan odat – ot qurbonlik qilish marosimini o‘tkazadi. Puranalar ko‘rsatishicha, Pushyamitra 36 yil hukmronlik qilgan. Shungalar sulolasi 100 yildan ortiq hokimiyat tepasida bo‘ldi. Shundan so‘nggina hokimiyat Kanvalar sulolasi qo‘liga o‘tdi (miloddan avvalgi 68-22 yillar). Bu davrda markazdan ajrash – separatizm jarayoni tez kechdi. Ko‘plab viloyatlar markaziy hokimiyatdan ajralib chiqdi. Ular hokimiyatni 45 yil davomida ushlab turdilar.
Er. av. I ming yillik o'rtalarida yangi diniy e'tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng muhimi budda dinining «Uch qimmat»i edi. Bu Buddaning o'zi, draxma-uning ta'limoti va sangxa-unga e'tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining asoschisi Shaq'ya zodagon urag'idan bo'lgan shaxzoda Sidxartxa Gautama bo'lgan. Uzoq azob chekishlardan so'ng, daraxt soyasida Sidxartxaga yorug'lik ma'rifati tushadi. Shundan so'ng, Sidxartxa ma'rifatii (Budda) bo'ladi.
Budda ta'limotining o'ziga xos xususiyati u hayotni azoblanish deb tushuntiradi. Azoblanish o'lim va kasalliklar bilangina bog'liq emas, balki eng yaxshi bo'lib qayta tug'ilishlar zanjiri bilan bog'langan. Azob ko'rishning sababi yangi hayotda boylik, huzurhalovat, yaxshi hayot kechirish yoki yaxshi taqdir uchun kuyib pishishdir. Qiynalishlardan qutilishning yo'li o'z ruhi, yurishturishi, ustidan to'la nazorat o'rnatish va buning oxirgi maqsadi nirvana («uchish, sun'iy»)bo'lib, shundan so'ng, kishi zanjirni yorib o'tadi va u boshqa tug'ilmaydi. Buddaviylikni ilk o'qituvchini tasvirlash an'anasi yo'q edi, faqat budda ramziga tayanadigan asosiy e'tiqod inshooti stupa—soyabon ostidagi sun'iy tepalik edi.
Dindorlar stupa va undagi Budda sochi yoki tishiga chapdan o'ngga (quyosh bo'yicha) o'zini gunohlardan holi qilish uchun bu dunyo hayotidan u oilasidan, mulkidan tashqi an'anaviy aloqalardan ruhiy bog'lanishlardan kechishi kerak. Budda muridlari qizg'ish kiyimda, sochlari taqir olinib, qishloq va shaharlarni kezib, sadaqa so'rab yurganlar. Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar. Budda dini uchun turmush marosimi hech qanday ahamiyatga ega emas edi. Dindorlar avalgiday to'y, o'lim marosimlariga braxmanlarni chaqirar edilar. Budda matnlari mahalliy so'zlashuv tillarida tuzilgan bo'lib, aholiga tushunarli edi[10].
Braxmanlar esa sanskrit adabiyotini aholining juda ko'p qismidan yashirar edilar. Budda dini, ayniqsa, shahar aholisi o'rtasida keng tarqaldi, chunki shahar paydo bo'lishining o'zi an'anaviy urug'chilik ij'timoiy aloqalarini yemirilishi, xususiy mulkning paydo bo'lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan bog'liq edi.
Buddaviylik e'tiqodi yirik davlatlar hukmdorlarining homiyligi ostida bo'ldi. Chunki budda matnlarida jahon hukmronligi g'oyasini ilgari surilib, qaysiki, bu hukmdor orqali adolat podsholigiga asos solinadi degan tushuncha mavjud edi. Adolatni tarqalishi bir vaqtni o'zida hukmdorning hokimiyatini kuchayishi bu diniy g'oyaga to'g'ri kelishini bildiradi. Dastlab budda dini xudosizlar dini edi. Keyinchalik Buddaga nisbatan munosabat o'zgardi. Uning tasviri paydo bo'ldi. Ibodatxonalar qurilib, budda ilohiy mavjudot ekanligi aytila boshlandi. Dunyoning oxirati va uning kelajagida qutqaruvchi Buddaning kelishi tushunchasi shakllana boshlaydi. Budda maktablari ikki asosiy yo'nalish: «kichik arava» («yoki qutilishning or yo'li») va «buyuk arava» («yoki qutilishning keng yo'li») dan iborat edi. Ularning birinchisi eng qadimiylikka da'vo qilib, Ashoki davridayoq Lanka orolida va keyin janubiy-sharqiy Osiyoga tarqaldi. «Buyuk arava» ta'limoti yanada kattaroq yutuqlarga erishdi. Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo'nalish O'rta Osiyo orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqaldi.
Dostları ilə paylaş: |