ta bo‘ladi.
2.2.1.0,1,2,3,4,5,6 raqamlaridan iborat DOMINO o‘yini toshlari nechta?
2.2.2.0,1,2,…,k raqamlaridan iborat DOMINO o‘yini toshlari nechta?
2.2.3. Qandalotchilik sexida 11 turdagi shirinlik mavjud. 6 ta bir xil yoki 6 ta har
xil shirinlikni necha xil usulda tanlash mumkin?
2.2.4. Muzqaymoq do‘konida 8 xil turdagi muzqaymoq sotilayapti. 5 kishiga
necha xil usulda muzqaymoq olish mumkin?
2.2.5. Asaka avtomobil zavodi tayyor mahsulotlar maydonchasida 15 xil rangdagi
NEXIA avtomobillari turibdi. Mashina tashiydigan trallerga 8 ta mashina
sig‘sa, necha xil usulda NEXIA avtomobillarini trallerga yuklash mumkin?
2.2.6. TATU da barcha viloyatlardan talabalar o‘qishadi. 5 ta talabadan iborat
guruhni necha xil usulda tuzish mumkin?
Masala: Quyida berilgan tengsizliklar nechta musbat butun yechimga ega?