Ish vaqti rejimi deganda, ish vaqtining sutka yoki boshqa kalendar muddat mobaynida, shuningdek, kundalik ishning, ishdagi tanaffusning boshlanish, tugallanish vaqti tushuniladi. Bundan tashqari, ish vaqti rejimi tushunchasi ish haftasining boshlanish va tugallanish vaqtini ham qamrab oladi.
Ish haftasining turi: ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi va ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining, smenaning muddati, ishning boshlanish va tugallanish vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari va dam olish kunlarining navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan smenaga oʻtish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar asosida belgilanadi. Bu hujjatlar boʻlmagan taqdirda, ish beruvchi bilan xodimning kelishuvi asosida belgilanadi. Ish smenasi, birinchidan, sutkaning muayyan qismida xodimlarning almashinish grafigiga muvofiqlashtirilgan ish, masalan, kunduzgi, kechki, tungi ish smenasi; ikkinchidan kundalik ishning soatlar hisobidagi muddatidir. Ish smenasi ish vaqti rejimi yoki xodimlarning smenalar almashinish grafigi bilan belgilanadi. Mazkur grafik xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan va ma’lum toifa xodimlar uchun belgilangan ish vaqti muddatiga rioya qilingan ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi. Shu ma’noda “ish smenasi” tushunchasi bir smenali ishga nisbatan ham qoʻllash mumkin.
Ish haftasi deganda, birinchidan, kalendar haftadagi ish vaqti muddatining qonun bilan belgilangan normasi tushuniladi. Mehnat kodeksining 115-moddasiga muvofiq, bu vaqt 40 soatdan oshmasligi kerak. Xodimlarning bir qancha toifasi uchun yuqorida ta’kidlanganidek, qisqartirilgan ish haftasi belgilangan. Ikkinchidan, kalendar hafta davomida ish va dam olish kunlari soni bilan ifodalanadigan ish vaqti rejimi (masalan, ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi, bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi).
Ish kunlariga esa barcha kunlar kiradi, kalendarda qizil bilan belgilangan bayram va dam olish kunlarigina bundan mustasno. Qonunga binoan bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi. (MKning 121-moddasi).
Mehnat kodeksining 122-modasida tungi ish vaqtinig tushunchasi, uni belgilash shartlari va boshqa holatlar koʻrsatilgan. Mazkur moddaga binoan, soat 22:00 dan to 6:00 gacha boʻlgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi. Xodim uchun belgilangan ish (smena) muddatining yarmi tungi vaqtga kelsa, tungi ish vaqti bir soatga, ish haftasi muddati shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Qonunchilikka koʻra, ish vaqtidan tashqari ishlar хodimning roziligi bilan qoʻllanishi mumkin, ammo ish smenasining muddati 12 soatdan iborat boʻlganda, shuningdek, mehnat sharoiti oʻta og’ir va zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish kodeksning yuqorida eslatilgan 220, 228, 245- moddalarida belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Ayrim toifa xodimlar, ularning mehnatini muhofaza qilish maqsadida ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilmaydi (masalan, 18 yoshga toʻlmagan shaxslar). Homilador ayollar va 4 yoshga toʻlmagan bolasi (16 yoshga nogiron bolasi) bor ayollarni, shuningdek, nogironlarni ularning roziligi bilangina, basharti ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan boʻlsa, ish vaqtidan tashqari ishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ish vaqtidan tashqari ish uchun ikki hissadan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlanadi. Ammo MKning 125-moddasiga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir хodim uchun:
– esa 120 soatdan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan, ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini oʻz paytida aniq hisobga olib borishi shart (Mehnat kodeksining 125 - moddasi).
Dostları ilə paylaş: |