7- mavzu: Ish vaqti tushunchasi va uning turlari


Mehnat ta’tillarini berish va ulardan foydalanish



Yüklə 191,5 Kb.
səhifə8/10
tarix07.04.2023
ölçüsü191,5 Kb.
#94393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu -7 ma\'ruza

Mehnat ta’tillarini berish va ulardan foydalanish.




Mehnat ta’tillarini berish tartibi va navbati. Yillik mehnat ta’tilini berish navbati koʻp jihatdan korxona bajarayotgan vazifalarning oʻziga xos xususiyatlariga va talay boshqa holatlarga bogʻliq boʻladi. Xodimlarga mehnat ta’tillarini berish vaqti jadvalda shunday moʻljal bilan belgilanishi kerakki, toki ulardan foydalanish normal ishlab chiqarish jarayoniga halaqit bermasin. Biroq, hatto, ana shu holat ham ayrim xodimlarga mehnat ta’tilini, yilning ular uchun qulay vaqtida berishni rad etishga asos boʻla olmaydi. Bunday xodimlar roʻyxati Mehnat Kodeksi 144-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan boʻlib, unga binoan, ta’til xodimning xohishiga koʻra, yozgi yoki uning uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda berilishi kerak:

    • oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona (beva erkaklar beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz ona) larga va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;

    • I va II guruh nogironlariga;

    • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

    • oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga;

    • ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotganlarga.

Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xohishlariga binoan, xotinlarning homiladorlik va tugʻish ta’tili davrida beriladi.

    • Mehnat Kodeksi 143-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy qoidaga koʻra, birinchi ish yili uchun mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda mehnat shartnomasiga binoan, ish boshlangan kundan e’tiboran olti oy oʻtganidan keyin paydo boʻladi. Mehnat Kodeksi 143-moddasining uchinchi qismiga binoan, ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi boʻyicha olti oy oʻtmasdan beriladi:

  • ayollarga – homiladorlik va tugʻish ta’tili oldidan yoki undan keyin;

  • I va II guruh nogironlariga;

  • oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga;

  • muddatli harbiy xizmatdan zahiraga boʻshatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;

  • oʻrindoshlik asosida ishlayotganlarga;

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilimi yurtlarida, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida oʻqiyotganlarga, agar ular oʻzlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa oʻquv ishlarini bajarish vaqtiga toʻgʻrilab olishni shohlasalar;

  • texnologiyadagi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga:

Koʻrsatilgan hollarda ish beruvchi, shuningdek, xodimning unga ishga kirgan kunidan boshlab olti oy oʻtmasdan toʻliq muddatli haq toʻlanadigan ta’tilni berish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantirish shart. Avvalgi ish joyidagi mehnat shartnomasi xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati oʻzgarishi munosabati bilan birinchi ish yili uchun mehnat ta’tilidan muddatidan oldin foydalanish huquqiga ega. Binobarin, birinchi ish yili xohishiga koʻra, istalgan paytda, shu jumladan, mazkur korxonadagi ishning olti oyi oʻtmasdan oldin ham berilishi mumkin. Xodim muddatidan oldin ta’til olish uchun tasdiqlovchi hujjat sifatida unga avvalgi ish joyidan berilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini ish beruvchiga taqdim etishi mumkin. Ta’til mazkur toifadagi xodimlar uchun belgilangandan kam boʻlmagan muddatga berilishi va toʻliq miqdorda haq toʻlanishi lozim.
Mehnat Kodeksi 144-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, ta’til beriladigan vaqt haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.
Mehnat ta’tilini uzaytirish, uni boshqa muddatga koʻchirish va qismlarga boʻlish. Ta’tilni uzaytirish deganda, xodim qonunlar va mehnat toʻgʻrisidagi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan obyektiv sabablarga koʻra, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun foydalana olmagan, uzilib qolgan ta’tilning foydalanmay qolgan qismi keyinroq muddatga surish tushuniladi. Ta’tilni uzaytirishning uni boshqa muddatga koʻchirishdan farqlovchi oʻziga xos belgisi shundaki, xodim ta’tildan foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi obyektiv sabablar yoʻqolganidan keyin oʻz mehnat vazifalarini bajarishga kirishmaydi, balki mehnat ta’tili tugashini bildiruvchi sana kelganiga qaramay, ta’tilda boʻlishni davom ettiraveradi. Masalan, 1-martdan 31-martga qadar mehnat ta’tili berilgan xodim shu davrda 10 kun kasal boʻlgan. Xodim ish joyiga taqdim etgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi mehnat ta’tilini unda koʻrsatilgan kasallik kunlari soniga uzaytirish uchun asos boʻladi. Koʻrsatilgan misolda ish beruvchi mehnat ta’tilini 10 aprelga qadar uzaytirishi kerak.

Yüklə 191,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin