7- mavzu: Ish vaqti tushunchasi va uning turlari


Dam olish vaqti tushunchasi va turlari



Yüklə 191,5 Kb.
səhifə3/10
tarix07.04.2023
ölçüsü191,5 Kb.
#94393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu -7 ma\'ruza

Dam olish vaqti tushunchasi va turlari


Fuqarolarning eng muhim huquqlaridan biri dam olish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan. Bu huquq xodimlar uchun 40 soatdan oshmaydigan ish haftasi, bir qator kasblar ishlab chiqarish sohalari uchun qisqartirilgan ish kuni, tungi paytlarda qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi, har yili toʻlanadigan ta’tillar va har haftada dam olish kunlari berilish hamda dam olish uchun boshqa madaniy-maishiy sharoitlar yaratib berish bilan ta’minlanadi.


Mehnat qonunchiliga koʻra, dam olish vaqti xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi boʻlgan va bundan oʻz ixtiyori bilan foydalanishi mumkin boʻlgan vaqt hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, xodim ishdan ozod etib qoʻyilgan va mehnat vazifalarini bajarish bilan band boʻlmagan (masalan, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ta’lim olish, malaka oshirish va shu kabilar bilan bogʻliq holda) boshqa davrlar dam olish vaqtiga kiritilmaydi, chunki xodim bunday davrlardagi vaqtni oʻzi xohlaganidek tasarruf etish va undan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanish imkoniyatiga ega emas. Ijtimoiy ta’tillar ham dam olish vaqtiga kiritilmaydi, negaki ularning hammasi tamomila belgilab qoʻyilgan maqsadga ega boʻladi. Xodimga bunday ta’tillar dam olish, hamda ish qobiliyatini tiklash uchun emas, balki masalan, bolani parvarishlash uchun, oʻqish uchun, darslik yozish bilan bogʻliq ish uchun, nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyasini yoqlash va shu kabi maqsadlar uchun beriladi.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida dam olish vaqtining quyidagi turlari nazarda tutilgan:

  • ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;

  • kundalik dam olish (smenalararo tanaffus);

  • dam olish kunlari (uzluksiz har haftalik dam olish);

  • har yilgi bayram (ishlanmaydigan) kunlari;

  • ishdan ozod etib qoʻyiladigan qoʻshimcha dam olish kunlari.

Tanaffus. Qonunchilikka koʻra, har bir ish kunida хodimga tanaffus berilishi kerak. Ishdagi tanaffuslar–bu ichki mehnat tartibi qoidalari yoki boshqa lokal normativ hujjatlarda, agar ular boʻlmasa, xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan, muayyan hollarda esa bevosita qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan ish kuni mobaynidagi shunday davrki, unda xodim mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etib qoʻyiladi. Huquqiy rejim inobatga olingan holda, koʻproq ikki turdagi tanaffuslar beriladi:

  • ish vaqtiga qoʻshilmaydigan, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslar;

  • ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan, odatda, ish vaqtiga qoʻshiladigan tanaffuslar.

Ish kuni davomidagi tanaffuslardan biri – dam olish va ovqatlanishi uchun beriladigan tanaffus boʻlib, u ish vaqtiga kiritilmaydi. Barcha xodimlarga shunday tanaffus berish majburiy ekanligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. Mehnat Kodeksi 127- moddasining ikkinchi qismiga binoan, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusning boshlanish va tugash vaqti ichki mehnat tartibi qoidalarida, ish smenasi jadvallarida yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan bevosita mehnat shartnomasida belgilab qoʻyiladi. Ish vaqtining normal muddatida ishlayotgan korxonalarga amaliyotda bunday tanaffuslarga koʻpincha ish kuni boshlanganidan keyin toʻrt soat oʻtgach, chiqilishi belgilangan boʻladi. Oʻzining oshxonasi, qahvaxonasi, bufeti, hamda turli kompleks taomlar tayyorlanadigan boshqa umumiy ovqatlanish nuqtalari boʻlgan korxonalarda normal ovqatlanishga yetarli muhlatdagi, masalan, muddati 30 minutlik tanaffus beriladi. Bunday sharoit boʻlmagan taqdirda tanaffus muddati, tabiiyki, uzaytirilishi lozim. Ish vaqti jamlab hisobga olinganda ayrim kunlari kudalik ish (smena) muddati, aytaylik, 10, 11 yoki 12 soatga borganda, korxonada da olish va ovqatlanish uchun xodimlarga ikki marta tanaffus berish nazarda tutilmogʻi kerak. Aksincha, ish vaqtining qisqartirilgan muddatida, toʻliqsiz ish kuni va shu kabilarda tanaffusni umuman belgilamaslik ham mumkin.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish sharoitlari koʻpincha ishni toʻxtatib turishga imkon bermaydi, binobarin, dam olish va ovqatlanish uchun xodimlarga tanaffus belgilashning iloji ham yoʻq. Chunonchi, bolalar bogʻchasi tarbiyachisi bolalarni qarovsiz qoldirib, ishdagi tanaffusdan oʻz xohishiga koʻra foydalana olmaydi. Nazorat oʻtkazish punkti nazoratchilari, axborotni uzluksiz, qabul qilib uzatish pultida ishlayotgan operatorlar va shu kabi kasb egalari navbatchilikni tashlab keta olmaydilar.
Bunday ishlarni bajaruvchi xodimlarga ish beruvchi bevosita ish vaqtida ovqatlanib imkoniyatini ta’min etishi shart. Jumladan, bolalar bogʻchasi tarbiyachilariga ovqatlanib olish uchun belgilanadigan vaqt, masalan ular tarbiyasida boʻlgan bolalarning ovqatlanish vaqtiga toʻgʻrilanishi yoki boshqa vaqt tayin etilishi (aytaylik, yasli grappasidagi bolalar ovqatlanib boʻlib, uxlash uchun yotgan paytda) mumkin.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda yuqorida aytib oʻtilganidek, bajarilayotgan ishlarning oʻziga xos jihati va xususiyatlarini, hamda boshqa holatlarni inobatga olib, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslardan tashqari, qoʻshimcha tanaffuslar berish ham nazarda tutilishi mumkin. Ana shunday tanaffuslardan biri Mehnat Kodeksining 236- moddasida nazarda tutilgan va u bolani ovqatlantirish uchun ayollarga beriladi. Bu tanaffuslar har uch soat oralatib har biri 30 minutdan kam boʻlmagan muddat bilan berilishi kerak. 2 yoshga toʻlmagan ikki yoki undan ortiq bolasi boʻlgan taqdirda tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va oʻrtacha oylik ish haqi hisobi boʻyicha haq toʻlanadi. Chunonchi, kompyuter va tashkiliy texnika bilan ishlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh sanitariya vrachi tomonidan 1996-yil 20-sentabrda tasdiqlagan sanitariya qoidalari va normalariga binoan kompyuterda ishlaganda har bir yarim-ikki soatda keyin muddati 10-15 minutlik qoʻshimcha tanaffuslar boʻlishi, tushlik tanaffus muddati kamida 40 minut boʻlishi belgilab qoʻyilgan. Yuqorida zikr qilingan dam olish uchun beriladigan qoʻshimcha tanaffuslar ish vaqtiga kiritilishi lozim.

Yüklə 191,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin