7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə10/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
7-ma`ruza

3. Zidlik munosabati – umumiy tasdiq (A) bilan juz'iy inkor (O) va umimiy inkor (E) bilan juz'iy tasdiq (I) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Bunda hukmlar bir vaqtda chin va yolg‘on bo‘la olmaydi, hamma vaqt biri chin, ikkinchisi yolg‘on bo‘ladi. Bunda bir-biriga zid bo‘lgan hukmlar o‘rtasida chin hukmlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan: Barcha ilmiy qonunlar ob'ektiv xarakterga ega. A-chin. Ba'zi ilmiy qonunlar ob'ektiv xarakterga ega emas. O-yolg‘on. Bu hukmlar orasida uchinchi hukmning bo‘lishi mumkin emas. Masalan: Hech bir fan organik materiyani o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi. I-chin.
4. Bo‘ysunish munosabati umumiy tasdiq (A) va juz'iy tasdiq (I), umumiy inkor (E) va juz'iy inkor (O) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Umumiy hukmlar itoat ettiruvchi va juz'iy hukmlar itoat etuvchi bo‘ladi. Umumiy hukmlarning chinligi juz'iy hukmlarning chinligiga olib boradi. Masalan: Barcha kishilar jamiyatda bir-birlarini hurmat qilishlari lozim. A-chin. Ayrim kishilar ham jamiyatda bir-birlarini hurmat qilishlari lozim. I-chin. Hech bir kishi mehnatdan bosh tortmasligi lozim. E-chin. Ayrim kishilar ham mehnatdan bosh tortmasligi lozim. O-chin.
SHunday qilib, mantiqiy kvadrat qoidalariga binoan, bir zid hukmning chin yoki yolg‘onligidan ikkinchi hukmning chin yoki yolg‘onligi kelib chiqadi. Mantiqiy kvadrat turli munozarali vaziyatlarda mulohazalar chin yoki yolg‘onligi, haqiqatni aniqlashning qulay vositasi hisoblanadi.
Savol hali noma'lum bo‘lgan masala, to‘liq bo‘lmagan, echilishi zarur bo‘lgan mulohazadir. Har bir savol ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1) ma'lum bo‘lgan fikr, 2) aniqlanishi zarur bo‘lgan fikr. Masalan: Marsga qachon birinchi odam uchadi? degan savolda Mars to‘g‘risidagi bilim va unga uchishga tayyorgarlik birinchi qismni, Marsga qachon birinchi odamning uchib borishi to‘g‘risidagi ma'lumot ikkinchi qismni tashkil etadi.
Savol so‘roq gaplar orqali ifodalanadi. Ammo so‘roq gaplar hukm ma'nosini bildirmaydi. Ularda faqat ma'lum bir ma'no mavjud bo‘ladi.
Savollar turlicha bo‘ladi: to‘g‘ri va noto‘g‘ri, aniqlovchi va to‘ldiruvchi, oddiy (sodda) va murakkab, zamonaviy va nozamonaviy, anglab etilgan va anglab etilmagan, mazmunli va mazmunsiz savollar.
Har bir savol unga javob berishni taqozo qiladi. Savolga javob to‘liq fikrni ifodalaydi va qat'iy hukmni tashkil etadi. Javoblar turlicha bo‘ladi: to‘g‘ri va noto‘g‘ri, bevosita va vositali, qisqa va to‘liq, etarli va etarli bo‘lmagan javoblar.
Bilishda savoldan tashqari normativ (namunaviy) mulohazalar ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, axloqiy normalar xarakterlidir. Ular baholovchi va zaruriy hukmlar, fikrlarni ifodalaydi. Bu hukmlar turli axloqiy hatti-harakatlarda amal qiladi. Ular tasdiq yoki inkor ma'nolariga ega bo‘lgan hukmlar shakliga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: O‘z harbiy burchingni sidqidildan bajar. O‘g‘irlik qilma. YOlg‘on gapirma. Intizomli bo‘l.

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin