Sillogizm aksiomasi. Sillogizm tarkibini chin hukmlar, bilimlar tashkil qiladiki, ular aksiomatik xarakterga ega, ya'ni isbotlangan, dalillangan, qo‘shimcha isbotni talab etmaydigan bilimlar bo‘ladi. SHu sababli sillogizmning xulosasi ham isbot talab qilmaydigan haqqoniy bilimdan iboratdir.
Sillogizmning mantiqiy tarkibini uch hukm tashkil etadi. Ulardan ikkitasi asoslar, uchinchisi esa xulosa bo‘lib hisoblanadi. Asoslar bilan xulosa tarkibiga kiradigan tushunchlar sillogizmning terminlari deyiladi. Sillogizmda uch termin mavjuddir: 1. Katta termin –xulosaning predikati – R. 2. Kichik termin – xulosaning sub'ekti – S. 3. O‘rta termin – katta va kichik terminlarni bog‘lab turadi. U lotincha MEDIUM (o‘rta, vositachi) so‘zining bosh harfi M bilan belgilanadi. O‘rta termin xulosa tarkibiga kirmaydi.
Terminlarni o‘z ichiga olishlariga qarab asoslar ham katta yoki kichik bo‘ladi. Katta terminni o‘z ichiga olgan asos katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan asos kichik asos deyiladi. Katta asos xulosaning predikatini (P) o‘z ichiga oladi. Kichik termin xulosaning sub'ektini (S) o‘z ichiga oladi: Masalan:
Roman (M) prozaik asardir (P).
«Qullar» (S) romandir (M)
Demak, «Qullar» (S) prozaik asardir (P).
Bunda 1-asos katta asos, 2-asos kichik asosdir. SHunga muvofiq sillogizmning umumiy formulasi quyidagicha bo‘ladi:
M-P S-M
S-M yoki M-P P-M-S
S-P S-P
Sillogizm qoidalari. Sillogizmning umumiy qoidalari ikki guruhga bo‘linadi:
a) Terminlarga oid qoidalar: 1) Har bir to‘g‘ri tuzilgan sillogizmda faqat uch termin (katta, kichik, o‘rta) mavjud bo‘lishi kerak. O‘rta termin ikkala asos uchun ham bir xil ma'noga ega bo‘lishi kerak. Agar o‘rta termin boshqa ma'noda ishlatilsa, o‘z ma'no barqarorligi (aynanligi)ni yo‘qotadi va terminlarning to‘rtlashuvi sodir bo‘ladi. Terminlarni to‘rtlashtirish esa xulosaning xato, noto‘g‘ri bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan:
Mehnat – hayot asosi.
Mantiqni o‘rganish – mehnat.
Demak, mantiqni o‘rganish – hayot asosi.
Bunda «mehnat» tushunchasi har bir asosda boshqa-boshqa (1-asosda sotsiologik kategoriya, 2-asosda esa aqliy urinishlarni qo‘llashning juz'iy sohasi) ma'nolarida qo‘llanilgan. SHuning uchun terminlar to‘rtlashib, xulosa xato bo‘lgan.
2. O‘rta termin asoslardan biriga bo‘lingan, ya'ni unga nisbatan kengroq hajmda olingan bo‘lmog‘i lozim. Agar bu qoida buzilsa, ya'ni o‘rta termin ikkala asosda ham bir xil hajmda olinsa, unda u o‘zining bog‘lovchilik rolini o‘ynay olmaydi va xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Barcha planetalar (P) qaytarilgan nur bilan yoritadi (M).
Bu osmon jismi (S) qaytarilgan nur bilan yoritadi (M).
Bundan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
3. Asoslarda bo‘linmagan terminning xulosada ham bo‘linishi mumkin emas. Masalan:
Barcha yuqori haroratli kishilar (M) – kasallar (R).
Bu odam (S) yuqori haroratga ega emas (M).
Demak, bu odam (S) kasal emas (R).
Bu erda xulosa xatodir