7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja


O‘xshatish va tafovut qo‘shma metodi



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə21/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
7-ma`ruza

O‘xshatish va tafovut qo‘shma metodi. Bunda avval o‘xshatish metodi yordami bilan xulosa chiqariladi, so‘ngra esa chiqarilgan xulosa tafovut metodi orqali tekshiriladi. Masalan: muayyan o‘simlikning bir navini ekib, unga o‘g‘it berib tekshiramiz va natijada yuqori hosil olamiz. Bunday holatda o‘xshatish metodi orqali xulosa chiqarilib, yuqori hosil olishning sababi erga o‘g‘it berilishi ekanligini aniqlaymiz. Tafovut metodi orqali bu xulosa tekshirib ko‘riladi, ya'ni o‘sha o‘simlikning urug‘ini o‘sha erga ekamiz, ammo unga o‘g‘it bermaymiz. Natijada hosil kamayadi. SHu yo‘l bilan o‘xshatish metodi orqali chiqarilgan avvalgi xulosa, ya'ni yuqori hosil olishning sababi erga o‘g‘it solishdir, degan fikr tasdiqlanadi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi. Agar bir hodisaning yuzaga kelishi har safar unga yo‘ldosh bo‘lgan ikkinchi hodisani yuzaga keltirsa, demak, bu hodisalardan birinchisi ikkinchisining sababidir. Masalan, agar simdan elektr toki o‘tayotgan bo‘lsa, sim atrofida elektromagnit maydoni hosil bo‘ladi. Demak, elektr tokining o‘tishi elektromagnit maydoni hosil bo‘lishining sababdir.
YAna bir misol: agar g‘ildirak o‘z o‘qi atrofida aylantirilsa, o‘q qiziydi. Demak, o‘qning qizishi g‘ildirakning o‘z tevaragida aylanishining natijasidir. Sxemasi:
A1VS – a1
A2VS – a2
A3VS – a3
Demak, A –a voqea sababidir.
Bunda A1, A2, A3 belgilari berilgan holning A miqdor o‘zgarishlari, a1, a2, a3 belgilari esa bir xil voqeaning o‘zgarishlaridir.
Qoldiqlar metodi murakkab hodisalarni tekshirish uchun ishlatiladi.
Agar qandaydir murakkab hodisa boshqa murakkab hodisani yuzaga keltirsa va ma'lum bo‘lsaki, kelib chiqqan natijaning muayyan qismining sababi birinchi murakkab hodisaning muayyan qismidir. Bundan xulosa chiqarilib, demak, hodisaning qolgan qismining sababi birinchi hodisaning qolgan qismidir, degan fikrga kelamiz. Masalan, murakkab jismlar spektorlarida ma'lum elementlarni hosil qiluvchi chiziqlardan tashqari yangi chiziqlarni aniqlaymiz. Bundan fanda ma'lum bo‘lmagan yangi elementlar mavjuddir, degan xulosa chiqaramiz. Ushbu metod orqali fizika va ximiya fanlarida geliy, seziy, rubidiy, poloniy va boshqa elementlar kashf etilgan edi. Sxemasi:
AVS – avs
AV – av
Demak, S – s sababidir.

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin