7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja


Tanlab olish usuli jihatidan



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə20/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
7-ma`ruza

Tanlab olish usuli jihatidan to‘liqsiz induksiya ikki turga bo‘linadi: a) oddiy sanash induksiyasi (enumerativ induksiya yoki ommaviy induksiya), b) istisno qilish yo‘li bilan hosil qilingan (eliminativ) yoki ilmiy induksiya.
Ommaviy induksiya bir-biriga o‘xshash hodisa qayta-qayta takrorlansa, u hamma vaqt shu tarzda hosil bo‘ladi, degan xulosaga asoslanadi. Masalan: ba'zan kun botgandan so‘ng osmonda qizil shafaq hosil bo‘ladi. Bundan ertaga shamol esishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Ilmiy induksiya jarayonida kuzatilgan fakt va hodisalar chuqur, har tomonlama tekshiriladi, tahlil qilinadi. Tasodifiy, ikkinchi darajali, nomuhim, nozaruriy belgilar, aloqalar tashlanib, zaruriy, eng muhim, barqaror belgilar, aloqalar e'tiborga olinadi. Voqea-hodisalarning ichki sababiyatlari, qonuniyatlari, mohiyati ochiladi. SHu orqali ilmiy nazariyalar vujudga keladi.
Ilmiy induksiya hodisalar orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini induktiv tekshirish metodlarida keng qo‘llaniladi. Bu metodlar quyidagilardir:
1. O‘xshatish metodi.
2. Tafovut metodi.
3. O‘xshatish va tafovut qo‘shma metodi.
4. Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.

  1. Qoldiqlar metodi.

O‘xshatish metodi orqali agar tekshirilayotgan ikki yoki undan ortiq buyum va hodisalar bir xil oqibatda namoyon bo‘lsa, bunda ularning yagona umumiy sababi mavjud, degan xulosa chiqariladi. Masalan: agar quyosh nuri prizmadan o‘tkazilsa, kamalak rangi hosil bo‘ladi. Ba'zi yaltiroq jismlarga, bir tomchi suvga, qirrali kristallarga oq nur tushganda ham shunday hodisa yuz beradi. Bundan o‘xshatish metodi orqali ularning umumiy sababi borligi to‘g‘risida xulosa chiqaramiz.
Boshqa misol: temirni temirga ishqalasak, issiqlik hosil bo‘ladi. YOg‘ochni yog‘ochga ishqalasak, issiqlik hosil bo‘ladi. Toshni toshga ishqalasak, issiqlik hosil bo‘ladi. Demak, ishqalanish issiqlik hosil bo‘lishining sababidir. Sxemasi:
1. AVS sharoitlarda a hodisa sodir bo‘ladi.
2. ADE sharoitlarda a hodisa sodir bo‘ladi.
3. AMN sharoitlarda a hodisa sodir bo‘ladi.
Demak, A ning sababi a dir.
Tafovut metodi asosida agar bir hodisa bir holda yuz bersa-yu, ikkinchi holda yuz bermasa va faqat birgina holatda tafovut qilsa, demak, xuddi shu holatning o‘zi hodisaning sababidir, degan xulosa chiqariladi. Masalan: agar qo‘ng‘iroq ostida havo bo‘lsa, uning jaranglagan tovushi eshitiladi. Agar qo‘ng‘iroq ostida havo bo‘lmasa, uning jaranglagan tovushi eshitilmaydi. Bundan tovush eshitilishining sababi havoning mavjudligidir, degan xulosa chiqaramiz.
YOki yana bir misol: agar kunduz kuni uy derazasidan tashqariga qarasak, tashqaridagi narsalarni yaqqol ko‘ramiz. Aksincha, tashqaridagilar uy ichidagi narsalarni ko‘rmaydilar. Buning teskarisicha, agar kechasi uyda chiroq yonib tursa, tashqaridagilar uy ichidagi narsalarni yaxshiroq ko‘ra oladilar. Ammo uy ichidagilar tashqaridagi narsalarni yaxshi ko‘rmaydilar. Bu voqeaning asosiy sababi yorug‘likdir.
Sxemasi: AVS-a. V-S, demak, A-a.

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin