7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja


Kichik asosi tushirib qoldirilgan entiemema



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə15/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
7-ma`ruza

2. Kichik asosi tushirib qoldirilgan entiemema. Masalan: Barcha san'at turlari kabi badiiy adabiyot ham inson tarbiyasi uchun xizmat qiladi. Bunda katta asos va xulosa mavjud. Kichik asos – «Badiiy adabiyot san'at turidir» – tushirib qoldirilgan.
3. Xulosasi tushirib qoldirilgan entimema. Masalan: Oybek –iste'dodli yozuvchi. Bunda katta va kichik asoslar mavjud bo‘lib, xulosa – «Demak, Oybek – sevimli yozuvchi» – tushirib qoldirilgan.
Entimemalarning tushirib qoldirilgan qismlarini o‘rniga qo‘yish orqali ulardan to‘liq sillogizmni tiklash mumkin.
Entimemalar fikrni ixcham, qisqa, aniq va ravshan ifoda etish uchun xizmat qiladi.
Murakkab sillogizm deb bir qancha sodda sillogizmlarning birikishidan hosil bo‘lgan hamda birinchi sillogizmning xulosasi ikkinchi sillogizmning asosi bo‘lib xizmat qiladigan sillogizmga aytiladi. Murakkab sillogizmlar polisillogizm deb aytiladi (lotincha poli – ko‘p).
Polisillogizmlar ikki turga ega: a) progressiv va b) regressiv polisillogizmlar.
Progressiv polisillogizmda birinchi sillogizmning xulosasi ikkinchi sillogizmning katta asosi bo‘lib xizmat qiladi va bunda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab boradi. Masalan:
Ijtimoiy xavfli hatti-harakatlar (A) jazolanadi (B).
Jinoyat (S) – ijtimoiy xavfli hatti-harakat (A).
Jinoyat (S) jazolanadi (B).
O‘g‘irlik (D) – jinoyat (S).
O‘g‘irlik (D) jazolanadi (B).
Regressiv polisillogizmda birinchi sillogizmning xulosasi ikkinchi sillogizmning kichik asosi bo‘lib xizmat qiladi va fikr xususiylikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan:
Xo‘jalik jinoyatlari (A) – ijtimoiy xavfli hatti-harakat (V).
Xalq mulkini talon-taroj qilish (S) – xo‘jalik jinoyati (A).
Xalq mulkini talon-taroj qilish (S) – ijtimoiy xavfli hatti-harakat (V).
Ijtimoiy xavfli hatti-harakat (V) jazolanadi (D).
Xalq mulkini talon-taroj qilish (S) – ijtimoiy xavfli hatti-harakat (V).
Xalq mulkini talon-taroj qilish (S) jazolanadi (D).

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin