7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə18/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
7-ma`ruza

Konstruktiv (hosil qiluvchi) dilemmada ikki asoslardan ikki oqibat kelib chiqadi. Ikkinchi asos tanlash imkoniyatini faqat shu ikkala dalil (alternativalar) yordamida cheklab qo‘yadi. Xulosa kelib chiqadigan ikkala oqibatni ham e'tirof etadi. Demak, bunda xulosa asoslarni tasdiqlashdan oqibatlarni tasdiqlashga qarab boradi. Masalan:
Agar umumiy qurolsizlanish yo‘lida turiladigan bo‘lsa, demak, tinchlikni mustahkamlash lozim. Agar qurollanishni kuchaytiriladigan bo‘lsa, demak, urushga tomon bormoq lozim.
Demak, yo tinchlikni mustahkamlash, yo ishni urushga tomon olib borish mumkin.
Agar A-V bo‘lsa, unda A-K dir; agar A-S bo‘lsa, unda A-M dir.
A-yo V, yo S dir.
Demak, A-yo K, yo M dir.
Destruktiv (buzuvchi) dilemmada bir asosdan ikki oqibat kelib chiqadi: ikkinchi asos ikkala oqibatni ham inkor etadi, xulosa esa asosning o‘zini buzib tashlaydi. Demak, bunda xulosa oqibatlarni inkor etishdan asosni inkor etish tomon boradi. Masalan:
Agar intizomli va vijdonli talaba tartibni buzgan bo‘lsa, unda u o‘z xatosini tuzatadi, buning imkoni bo‘lmasa, bu haqda rahbariyatga ma'lum qiladi.
Mazkur talaba, tartibni buzib, o‘z xatosini tuzatmadi va bu haqda rahbariyatga ma'lum qilmadi.
Demak, mazkur talaba intizomli va vijdonli emas.
Agar A-V bo‘lsa, unda A yo S, yo D dir.
A-C ham, D ham emas.
Demak, A-V emas.
Amaliyotda bundan ham murakkabroq vaziyatlarni ifodalovchi fikrlar uchraydi. Bu trilemma (grekcha trilas – uchlik, lemma – taxmin uchlik mulohaza)- larda o‘z ifodasini topadi. Masalan: «O‘ngga borasan – tirik qolmaysan; chapga borasan – otingni yo‘qotasan; to‘g‘riga borasan – asirlikka tushasan».
Bunda katta asos uch dalillardan iborat bo‘ladiki, ular uch turli oqibatlar bilan birga sodir bo‘ladi. Kichik asos barcha asoslar imkoniyatini tasdiqlaydi, xulosa esa barcha uch oqibatlarni inobatga oladi. Masalan:
Ushbu burchak yo o‘tkir, yo to‘g‘ri, yo o‘tmasdir.
Ma'lumki, ushbu burchak na o‘tkir va na to‘g‘ridir.
Demak, ushbu burchak o‘tmasdir
A-yo V, yo S, yo D dir.
Ma'lumki, A- na V va na S dir.
Demak, A-D dir.
Murakkab sillogizmlar qisqartirilgan shaklda ham uchraydi. Bunga epixeyrema deb ataladi.
Epixeyrema (grekcha hujum, qo‘l urish degani) deb har bir asosi entimemalardan iborat bo‘dgan murakkab sillogizmga aytiladi. Masalan:
Barcha oilalar kishilar birligining tarixiy shaklidir. CHunki ularda odamlar birgalashib yashaydilar va faoliyat ko‘rsatadilar. Kishilar birligining barcha tarixiy shakllari odamlarning birgalashib yashashlari va faoliyat ko‘rsatishlarini taqozo qiladi. Demak, kishilar birligining tarixiy shakllari odamlarning birgalashib yashashlari va faoliyat ko‘rsatishlari shakllaridir.
Sxemasi:
M-R dir, chunki u N dir. S-M dir. Demak, S-R dir.
Epixeyremaning asoslarini joy-joyiga qo‘yib chiqsak, undan to‘liq sillogizmni tiklash mumkin.
Murakkab sillogizmning yana bir qisqartirilgan shakli soritdir.
Sorit (grekcha sorit – to‘p, ya'ni asoslar to‘pi) deb sodda sillogizmning xulosasi bo‘lgan asoslari tushirib qoldirilgan polisillogizmga aytiladi.

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin