Inkor shakli:
Agar A-V bo‘lsa, unda S-Ddir
C-Ddir.
Demak, A-V emas.
2. Ayiruvchi (bo‘lingan) sillogizmning asoslaridan biri yoki ikkalasi ham ayiruvchi hukmlardan iborat bo‘ladi.
Ayiruvchi sillogizmlar ikki xil bo‘ladi: a) sof ayiruvchi va b) ayiruvchi-qat'iy sillogizmlar.
Sof ayiruvchi sillogizmning asoslari va xulosasi ayiruvchi hukmlardan iborat bo‘ladi. Masalan:
Gap bo‘laklari yo bosh, yoki ikkinchi darajali bo‘laklardir.
Bosh bo‘laklarga yo ega, yoki kesim, ikkinchi darajali bo‘laklarga yo aniqlovchi, yo to‘ldiruvchi, yo hol kiradi.
Demak, gap bo‘laklariga yo ega, yo kesim, yo aniqlovchi, yo to‘ldiruvchi, yo hol kiradi.
Sxemasi:
A-yo V, yoki S dir.
V-yo D, yoki E dir.
S-yo G‘, yo G, yo N, yo Q dir.
Demak, A-yo D, yo E, yo F, yo G, yo N, yo Q dir.
Bu sillogizmning inkor shakli quyidagicha bo‘ladi:
Badiiy janrlar yoki roman, yoki povest, yoki hikoyadir.
Bu asarning janri povest ham, hikoya ham emas.
Demak, bu asarning janri romandir.
Sxemasi:
A-yoki V, yoki S, yoki R dir.
A-S ham, D ham emas.
Demak, A -V dir.
Ayiruvchi-qat'iy sillogizmning asoslaridan biri ayiruvchi, ikkinchisi qat'iy hukmlardan iborat bo‘ladi. Masalan:
Ushbu she'rni yo Navoiy, yo Furqat, yo Muqimiy yozgan.
Ushbu she'rni Furqat ham, Muqimiy ham yozmagan.
Demak, ushbu she'rni Navoiy yozgan.
Sxemasi:
A-yoki V, yoki S, yoki D dir,
A-S ham, D ham emas.
Demak, A-V dir.
SHartli-bo‘lingan sillogizmda bir asos shartli-bo‘lingan, ikkinchisi esa oddiy bo‘lingan bo‘ladi. Bunday xulosa chiqarish dilemma (grekcha di – ikki marta, lemma – taxmin, ikki bora mulohaza) deb ataladi. Bunda faqat ikki muqobil (alternativ) fikrlar orasidan birini tanlash nazarda tutiladi, masalani hal qilishning uchinchi yo‘li mavjud emas.
Dilemmalar ikki xil bo‘ladi: konstruktiv va destruktiv.
Dostları ilə paylaş: |