7- mavzu: Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa Reja



Yüklə 197,94 Kb.
səhifə4/23
tarix19.12.2023
ölçüsü197,94 Kb.
#184458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
7-ma`ruza

Predikat deb buyum va hodisadagi belgi, xususiyat va aloqa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. U lotincha praedicatum (mantiqiy kesim) so‘zining bosh harfi R bilan belgilanadi.
Bog‘lovchi sub'ekt bilan predikatni bir-biri bilan bog‘lab turishga xizmat qiladi. Bog‘lovchi og‘zaki nutqda sukut (pauza), intonatsiya, yozma nutqda esa -dir, emas qo‘shimchalari, ba'zan esa tire (–) orqali ifodalanadi. Masalan: «tarix fandir» degan hukmda tarix – sub'ekt, fan – predikat, - dir esa bog‘lovchidir. Formulasi: S-P dir. Inkor shaklida S-P emas bo‘ladi. Masalan: Ahmedov a'lochi emas.
Hukmning sub'ekti va predikati uning terminlari deyiladi. Har qanday sodda va yakka hukmda ikkita termin (sub'ekt va predikat) mavjuddir. Bog‘lovchi termin tarkibiga kirmaydi.
Hukm va gap o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Har bir hukm gap va gaplar orqali ifodalanadi, har bir gapda ma'lum ma'no bo‘ladi. Gapsiz hukm bo‘lmaydi. Ammo hukm bilan gap bir xil narsalar emas, ular o‘rtasida farqlar ham mavjud:
1. Gap hukmning lisoniy shakli va tashqi ifodasidir. Hukm esa gapning ichki, mantiqiy mazmunidir.
2. Gap moddiy xarakterga ega, ya'ni uni aytganda eshitamiz, yozganda ko‘ramiz. Hukm ma'naviy xarakterga ega, ya'ni uni na eshitamiz, na ko‘ramiz.
3. Har bir hukm gap orqali ifodalanadi. Ammo barcha gaplar ham hukmlarni ifoda qilavermaydi. Odatda darak va undov gaplar hukmlarni ifodalaydi. So‘roq gaplar esa hech qanday hukmlarni ifoda qila olmaydi.
4. Hukmning mantiqiy tarkibi uch qismdan (sub'ekt, predikat va bog‘lovchi) iborat. Gaplar esa bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklardan ham tashkil topadi.
5. Gap grammatika, hukm esa mantiq tomonidan o‘rganiladi.
Hukmning turlari bir qancha belgilari bo‘yicha tasnif qilinadi:
1. Mazmuniga ko‘ra hukmlar ikki turga bo‘linadi: a) chin va b) yolg‘on.
CHin hukm deb buyum va hodisalarni to‘g‘ri, haqqoniy aks ettiradigan hukmlarga aytiladi. Masalan: Er shari aholisining ko‘pchiligi Sharqda yashaydi. Doiraning to‘liq sirti 360 0 ga teng va h.k.
Yolg‘on hukm deb voqelikni buzib, noto‘g‘ri aks ettiradigan hukmlarga aytiladi. Masalan, yolg‘onchi yaxshi odamdir, degan hukm yolg‘ondir.

Yüklə 197,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin