7. Aholi toifalari (fuqarolar, apatridlar, bipatridlar, xorijiy shaxslar


Hududiy o‘zgarishlarda fuqarolik masalasining hal etilishi



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə3/5
tarix20.04.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#100940
1   2   3   4   5
farqi yuq

Hududiy o‘zgarishlarda fuqarolik masalasining hal etilishi.
Bir davlat hududining boshqasiga o‘tishi chog‘ida aholining fuqarolik masalasi xalqaro ahamiyat kasb etadi. Bunday vaziyatda fuqarolik masalasi yalpi xususiyatga ega bo‘lishi natijasida ushbu muammo yanada jiddiy tus oladi. Topshirilayotgan hudud aholisining yalpi ravishda boshqa davlat fuqaroligiga o‘tishi transfert, deyiladi. U turli vaziyatlarda turlicha o‘ziga xosliklarga ega bo‘ladi.
Bir davlatning boshqasiga qo‘shilishida avvalgi davlatning fuqaroligi barham topadi. Boshqa hollarda transfert optatsiya, ya’ni mavjud yoki imkoni bor holatlarning ikki yoki undan ko‘prog’i orasidan tanlab olish huquqi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Bir davlat hududining boshqasiga o‘tishi bilan bog‘liq hollardan tashqari, boshqa vaziyatlarda, masalan, o‘zga fuqarolikka ega bo‘lgan shaxs bilan nikohga kirish paytida, tug‘ilishiga ko‘ra ikki fuqarolikka ega bo‘lgan shaxs balog‘at yoshiga yetganida ham optatsiya qo‘llanilishi mumkin. SSSRning tarqalib ketishi davrida bu borada hayotning o‘zi katta tajribani amalga oshirdi. O’shanda yangi mustaqil davlatlar — sobiq ittifoqdosh respublikalar tomonidan yalpisiga «aholining hudud izidan borishi» prinsipi qo‘llanildi. Ittifoqdosh respublikalar o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilar ekan, odatda o‘z hududidagi jami aholiga o‘zlarining fuqaroligi huquqini berdi. Ko‘pincha ushbu huquq optatsiya bilan birgalikda amalga oshirilmasdi. Ammo, asta-sekin yangi davlatlar optatsiya bilan birgalikda yalpi ravishda fuqarolik berish tomon yuz tutdilar.
Fuqarosizlik. Fuqarosizlik shaxs biron-bir davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan yuridik holatdir. Bunday shaxslar apatridlar deyiladi. Agar tug‘ilgan joyining qonuni va ota-onasi fuqarolari bo‘lgan mamlakat qonuni qon huquqi prinsipiga asoslangan bo‘lsa, u holda shaxs tug‘ilgan paytidan shunday holatga tushib qolishi mumkin.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi fuqarosizlikka nisbatan butunlay salbiy munosabatdadir. 1961 yildagi Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risidagi konvensiya davlat zimmasiga o‘z hududida tug‘ilgan va apatrid bo‘lish ehtimoli mavjud har qanday shaxsga fuqarolik berish majburiyatini yuklaydi.
1954 yildagi Apatridlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya ularning maqomini chet elliklar maqomi bilan tenglashtirishni talab etadi. Bu hali o‘z vatani hisoblangan davlatning diplomatik himoya etishi borasida chet elliklar ega bo‘lgan huquqni, shuningdek ularning mamlakati bilan tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan huquqlarni bildirmaydi, albatta. Ammo bu borada davlatning o‘z hududida doimiy yashab turgan fuqarosiz shaxslarga nisbatan diplomatik himoya etish huquqi tobora tan olinayotganini kuzatish mumkin.

Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin